ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.76K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tayinlov

Aktam Zayniddinovich Muxammadiyev Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

A. Muxammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001-yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

A. Muxammadiev o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas'ul lavozimlarida ishlagan.

2017-yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Adliya vazirligi jamoasi Aktam Zayniddinovich Muxammadiyevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va uning kelgusi ishlarida, mas'uliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligida dekabr oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi!

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi Shahnoza Mirzaraximovna Soatova Adliya vazirligi markaziy apparatining dekabr oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida e'tirof etildi.

Sh. Soatova 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, mutaxassisligi bo‘yicha filolog. Mehnat faoliyatini 1999-yilda “Hamshira” jurnali bo‘lim muharrirligidan boshlagan.

Adliya vazirligidagi faoliyatini 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat boshqarmasining bosh maslahatchisi sifatida boshlagan.

Sh. Soatova Adliya vazirining 2020-yil fevraldagi tegishli buyrug‘i bilan vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va hozirga qadar mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.

Sh. Soatova Adliya vazirligi markaziy apparatidagi 10 nafar ayol rahbarlardan biri sifatida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta'minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining ta'sirchan mexanizmlaridan unumli foydalanib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Shahnoza Mirzaraximovna Soatovani ushbu e'tirof bilan samimiy qutlaydi hamda kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

✅ Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.

☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yiladi.

💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi.

‼️ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Poytaxtda beshinchi zamonaviy markaz ishga tushdi

👉Batafsil

@adliyabgiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✨ Adliya vazirligi barcha hamyurtlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil — 2022-yil bilan qutlaydi!

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
​2022—2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining loyihasi muhokamasi davom etmoqda

Bugungi davrda Yangi O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda.

Shu munosabat bilan, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi Internetdagi regulation.gov.uz, 2022-2026.strategy.uz va jamoatchilik.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Fuqarolardan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz, 2022-2026.strategy.uz va jamoatchilik.uz portallari hamda @dscuzbekistan va @uzbyuksalish Telegram kanallari orqali yuborishlarini so‘raymiz.

Zero, Sizning asosli takliflaringiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida o‘z aksini topishi mumkin. Shunday ekan, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga, hayot darajasini yaxshilashga o‘z hissangizni qo‘shing!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sharhi

📹 Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sharhi

📹 Studiya 24 | Adliya vazirligi mas'ul xodimi Zafar Raxmonov bilan suhbat

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamoasi Irkin ota Abdullayevni muborak sana – 80 yoshni qarshi olganligi bilan samimiy tabriklaydi!

👉Batafsil

@adliyangiliklari