ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining Instagramdagi sahifasi ham rasmiy maqomga ega bo‘ldi

Vazirlikning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ham maxsus Verified (tasdiqlangan) belgisiga ega bo'ldi.

❗️Avvalroq, Adliya vazirligining Facebookdagi sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘ldi. Sahifa nomidagi maxsus belgi orqali uni oson ajratib olish mumkin. Sahifalarning rasmiy maqomga ega bo'lishi soxta profillar hamda yolg'on xabarlar tarqalishiga chek qo'yadi
______

#Сообщение_юстиции

⚡️Страница Министерства юстиции в Instagram получила официальный статус

Страница министерства в социальной сети Instagram получила специальную отметка Verified («Верифицировано»).

❗️Ранее официальный статус получила и страница Минюста Facebook. Официальную страницу министерства легко отличить по специальному значку (синей галочке) в названии страницы. Продвижение официальных страниц нацелено на предотвращение манипуляции пользователей путем создания поддельных профилей и распространения фейковой информации.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida Strategik hamkorlik dialogining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun, 13-dekabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida Strategik hamkorlik dialogining birinchi yigʻilishi tashkil etildi.

Yigʻilish doirasida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov rahbarligida “Insoniylik mezonlari” masalalariga bagʻishlangan toʻrtinchi sessiya boʻlib oʻtdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif etamiz!

Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyada taniqli huquqshunoslar, mutaxassislar hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etadilar.

Konferensiya adliya, sud-huquq organlari va davlat boshqaruv tizimida raqamlashtirish jarayonidagi asosiy natijalar va bu sohadagi dolzarb vazifalar muhokamasiga bagʼishlangan.

🗓 Sanasi va vaqti: 14-dekabr, 10:00

🏢Manzil: "Hilton" mehmonxonasi anjumanlar zali

Tadbirda ZOOM orqali ishtirok etish havolasi
https://us02web.zoom.us/meeting/register/tZEqd-urqz4rHNDiF4iQNwmIQBMg3_VXaj5x
identifikator: 939 9705 4959
kod: 834659

👉Tadbir dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishasiz: https://hsti.uz/?p=27450

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

IDROK: Navoiy viloyati yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari g‘olib bo‘ldi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida «Idrok» intellektual o‘yini o‘tkazildi. Uning respublika bosqichi yakunlandi.

Intellektual o‘yin davomida o‘quvchi-yoshlar qonunchillikka taklif shaklida tayyorlagan taqdimotlari hamda umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Natijalarga ko‘ra:

1-o‘ringa – Navoiy viloyati yoshlari;
2-o‘ringa – Farg‘ona viloyati yoshlari;
3-o‘ringa – Andijon viloyati yoshlari loyiq deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu intellektual o‘yin yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etish, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan.

G‘oliblar qimmatbaho va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan #Adliya_hudud

📹 Xonobod shahar adliya bo'limi fuqaroning pensiyaga chiqishiga koʻmaklashdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: raqamlashtirish — faoliyat ochiqligi va shaffofligining samarali vositasi

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tashabbusi bilan “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida oflayn va onlayn rejimda o‘tkazilgan konferensiyada adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev ishtirok etib, adliya sohasini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
"Inson va qonun" gazetasi hamda "Huquq va burch" jurnali — aholini xolis va haqqoniy huquqiy axborot bilan ta'minlashda ishonchli nashrlar.

Obuna bo‘ling!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri: qonuniylikni ta'minlash uchun davlat organlari ham, jamoatchilik ham faol ishtirok etishi kerak

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bugun, 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston prokuraturasi: kecha, bugun va ertaga” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IDROK: Navoiy viloyati yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari g‘olib bo‘ldi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida «Idrok» intellektual o‘yini o‘tkazildi. Uning respublika bosqichi yakunlandi.

Intellektual o‘yin davomida o‘quvchi-yoshlar qonunchillikka taklif shaklida tayyorlagan taqdimotlari hamda umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Natijalarga ko‘ra:

1-o‘ringa – Navoiy viloyati yoshlari;
2-o‘ringa – Farg‘ona viloyati yoshlari;
3-o‘ringa – Andijon viloyati yoshlari loyiq deb topildi.

@adliyangiliklari