ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “NNTlar maktabi” ishtirokchilariga axborot sessiyasi oʻtkazildi

Bugun, 25-noyabr kuni Adliya vazirligi “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda Nodavlat notijorat tashkilotlari maktabi ishtirokchilari uchun navbatdagi axborot sessiyasi tashkil etildi.

Sessiyada Adliya vazirligi mutaxassislari tomonidan qonunchilikdagi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohasidagi yangiliklar, ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining loyiha va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari tushuntirildi.

👉Batafsil
_________

#Сообщение_юстиции

Специалисты Министерства юстиции провели информационную сессию для участников Школы ННО

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ma'muriy islohotlar amalda va hayotda

2021-yil 25-noyabr kuni Adliya vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda davlat organlari va idoralarining yuridik xizmat xodimlari, xalqaro va mahalliy ekspertlar, hududiy adliya boshqarmalari va yuridik xizmat markazlari xodimlari ishtirokida “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni-mohiyatini tushuntirish, qonunning ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi islohotlar davom etmoqda

2020-yilda respublikamizda qiymati 250 trln so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 80 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Shuningdek, 2016—2021-yillar oralig‘ida meva va dukkakli mahsulotlar eksporti 2 baravar ortgan.

Yuqoridagi fikrlarimiz isboti o‘laroq, joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur sohaga oid qarori qabul qilinganligi, islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Fuqaro T.T. o‘zininig tanishi — A.A. ustidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etadi. Bildirishicha, fuqaro undan 10 000 AQSH dollari miqdorida qarz olib, uni o‘zaro kelishilgan vaqtda qaytarmagan. Boz ustiga, qarzdor pul olganlik haqidagi tilxatini ham tan olmayotganini ro‘kach qilgan. Ajablanarlisi shundaki, murojaatchi tilxat yozilgani, ammo undagi yozuvlar bir necha haftadan so‘ng o‘chib ketganini va aynan shu bois, fuqaro A.A. tilxat mavjudligini inkor etayotganini bayon qilgan.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tergov organi tomonidan H.Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga tegishlicha murojaat qilingan. Markazning Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari esa hattoki, ataylab o‘chirilgan belgi yohud yozuvlarni aniqlash imkonini beruvchi zamonaviy uskuna yordamida tilxat mavjudligi, agar bo‘lsa, u aynan A.A.ga tegishli yoki yo‘qligini bilish maqsadida tadqiqot o‘tkazishdi.

@adliyangiliklari
#meninghuquqim
#bolahuquqiuchun

✨Bugun, 26-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan Mehribonlik uylarining 9-11-sinf tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi.

👉Batafsil
_____________

✨Сегодня, 26 ноября, в Министерстве юстиции для воспитанников домов «Мехрибонлик», обучающихся в 9—11 классах, организован тематический день «Менинг хукуким» («Мое право»), приуроченный к Всемирному дню ребенка.

👉Подробнее

@adliyangiliklari