ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Konstitutsiyaga sayohat (4-qism): “O‘zbek tili”

Bolalar uchun Konstitutsiya nima ekanini sodda, qiziqarli va hayotiy misollar orqali tushuntirib beruvchi animatsion loyihaning navbatdagi sonini taqdim etamiz.

Ushbu sonda qahramonlarimiz Odilbek, Adolatxon va Mushukvoy bilan birga ona tilining ahamiyati, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi va boy tarixi, alifbomiz hamda yurtimizda yashovchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishi haqida bilib olasiz.

Farzandlaringiz bilan birga oilaviy tomosha qiling va Konstitutsiyaviy bilimlaringizni yanada oshiring!

O‘zbek tilida 👉 ko‘rish

Ingliz tilida 👉 ko‘rish
❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo yarmarkasi o‘tkazildi


Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan savdo yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu yarmarkaning asosiy maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijodiy salohiyati va mehnat mahsulini keng jamoatchilikka namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda teng imkoniyatlarni kengaytirishdan iborat.

Yarmarkada Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi nogironligi bor shaxslar bilan bevosita ishlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirok etdi.

Ular tomonidan yaratilgan mahsulotlar – qo‘l mehnati bilan ishlangan bezak buyumlari, rasmlar, turli qo‘lda tayyorlangan san’at asarlari xaridorlarga taqdim etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥1
Konstitutsiyaga sayohat (5-qism): “Davlat ramzlari – iftixor va g‘ururimiz!”

Bolalar uchun Konstitutsiya nima ekanini sodda, qiziqarli va hayotiy misollar orqali tushuntirib beruvchi animatsion loyihaning navbatdagi sonini taqdim etamiz.

Ushbu sonda qahramonlarimiz Odilbek, Adolatxon va Mittivoy bilan birga O‘zbekistonning davlat ramzlari — bayrog‘imiz, gerbimiz va madhiyamizning qabul qilinish tarixi, ulardagi har bir rang va tasvirning ma’nosi hamda davlat himoyasida ekani haqida bilib olasiz.

Farzandlaringiz bilan birga oilaviy tomosha qiling va Konstitutsiyaviy bilimlaringizni yanada oshiring!

O‘zbek tilida 👉 ko‘rish

Ingliz tilida 👉 ko‘rish
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🤝 Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyatda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida savdo yarmarkasi tashkil etildi.

✨ Mazkur loyiha nogironligi bo‘lgan insonlarning iste’dodi, mahorati va ijodiy salohiyatini namoyon etish, mehnat mahsullarini keng jamoatchilikka tanitish uchun imkoniyat yaratdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Biz_birgamiz

❗️Farg'onada “Biz birgamiz” ijtimoiy aksiyasi o'tkazildi

🤝 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyati, iste’dodi va ijodiy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish maqsadida “Biz birgamiz” ijtimoiy aksiyasi tashkil etildi.

👥 Tadbirda Farg‘ona viloyat hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, 20 dan ortiq hamkor tashkilotlar vakillari hamda 300 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

🎨 Aksiya doirasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati namunalari namoyish etildi. Ularda ishtirokchilarning iste’dodi, mehnatsevarligi va yaratuvchanlik qobiliyati o‘z ifodasini topdi.

🏅 Tadbir davomida ijodiy ishlari va mehnati bilan e’tibor qozongan ishtirokchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔹 Mazkur aksiya nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning qobiliyati va iste’dodini e’tirof etish, ijtimoiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishga qaratildi.

❤️ Zero, har bir inson e’tibor, hurmat va munosib e’tirofga loyiq.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🌳 “Yashil makon” — tabiatga e’tibor!

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tizimi xodimlari ishtirokida ona tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Davlat xizmatlari sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi



🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1