ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
💥#Live

Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda huquqiy muammolarga raqamli yechimlar yaratishga qaratilgan "LexHackathon" huquqiy yechimlar xakatoni boshlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Tayinlov

Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ruziyev Behzod Rustamovich Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Behzod Ruziyev 1986-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2006-yilda Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filialini, 2009-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini, 2015-yilda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:
➖ 2007–2021-yillarda Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda;
➖ 2021–2022-yillarda Intellektual mulk agentligi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2022–2023-yillarda Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasi boshlig‘i;
➖ 2023–2025-yillarda Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi;
➖ 2025–2026-yillarda Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Behzod Ruziyevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍8❤3
💥#Live

“Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish: samarali foydalanish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasidan

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Adliya_xabari

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

⚖️ Bugun, 20-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish: samarali foydalanish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

🌐 Konferensiyada Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis, Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar, Jahon banki, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar hamda mamlakatimiz olimlari ishtirok etdi.

🔹 Tadbirda adliya vaziri Akbar Tashkulov so‘zga chiqib, yer munosabatlarini takomillashtirish, huquqiy kafolatlarni mustahkamlash va mavjud masalalarga kompleks yondashishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

📌 Konferensiya davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹 qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona va samarali foydalanishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;
🔹 qishloq xo‘jaligi yerlariga xususiy mulk huquqini joriy etish imkoniyatlari, ehtimoliy xavflar va huquqiy kafolatlar;
🔹 yer resurslarini boshqarish, kadastr tizimini takomillashtirish va shaffoflikni ta’minlash;
🔹 yer munosabatlarini isloh qilishda Litva, Rossiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlarning tajribasi;
🔹 yerlarni xususiylashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy xavflar, jumladan, suv resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar.


🌍 Jahon banki mutaxassislari, xorijiy olimlar va xalqaro ekspertlar tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, xususiy mulkchilikni rivojlantirish hamda yer resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha xalqaro tajriba va ilmiy-amaliy yondashuvlar taqdim etildi.

💬 Konferensiyaning yakuniy qismida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, sohadagi mavjud muammolar va ularning huquqiy yechimlari yuzasidan fikr hamda takliflar almashildi.

✅ Tadbir yakunida bildirilgan ilmiy-amaliy takliflar yer qonunchiligini takomillashtirish, yerga bo‘lgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishga oid masalalarni yanada chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda huquqiy muammolarga raqamli yechimlar yaratishga qaratilgan "LexHackathon" huquqiy yechimlar xakatoni boshlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥1
#Adliya_xabari

🚀 Samarqandda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining 5-Milliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda

📍 Bugun, 20-noyabr kuni Samarqand shahrida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining (TIQQM) 5-Milliy anjumani tashkil etildi.

👥 Anjumanda adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish agentligi, oliy ta’lim muassasalari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

🤝 Tadbir doirasida ikkita muhim hamkorlik bitimi imzolandi. Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi hamda Samarqand yoshlar texnoparki va “INNO” texnoparki o‘rtasida mazkur texnoparklar huzurida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

💡 Anjumanning dastlabki ikki sessiyasida intellektual mulkni tijoratlashtirish, innovatsiyalarni moliyalashtirish, talabalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish, patent tahlilining ahamiyati hamda hududlarda innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, TIQQMlar faoliyatining 2026-yil 10 oylik natijalari sarhisob qilinib, hududiy markazlar faoliyati ko‘rib chiqildi.

🔹Anjumanning 3-sessiyada sun’iy intellekt yordamida yaratilgan patent talabnomalaridagi huquqiy va texnik xatolar, shuningdek, ixtirolarga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibidagi yangiliklar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

✅ Mazkur anjuman ilm-fan, innovatsiyalar va intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3