ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tayinlov

Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Yusupov Behzodjon Farhodovich Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Behzodjon Yusupov 1980-yil 17-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi,
1-darajali adliya maslahatchisi.

2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini, 2012-yilda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:
➖ 2005–2006-yillarda Toshkent shahar Yunusobod tuman sud ijrochilari bo‘linmasi sud ijrochisi;
➖ 2006–2014-yillarda Adliya vazirligi Sud departamentida turli xil lavozimlarda;
➖ 2014–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Devoni) da turli xil llavozimlarda;
➖ 2020–2022-yillarda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi 1-o‘rinbosari;
➖ 2022–2023-yillarda Qarshi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi;
➖ 2023–2025-yillarda Adliya vazirligida turli lavozimlarda;
➖ 2025-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti direktori o‘rinbosari;
➖ 2025–2026-yillarda Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Ushbu tayinlovga qadar Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Behzodjon Yusupovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31❤6🔥6
#O'qituvchilarga_ehtirom
#Pedagoglar_huquqi

📚 “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi

📣Joriy yil 25-sentyabrdan 15-oktyabrgacha pedagoglarning huquqiy bilim va himoyasini kuchaytirishga qaratilgan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida:

🔹 seminar-treninglar tashkil etiladi;
🔹 huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatiladi;
🔹 pedagoglarning tizimli muammolari o‘rganilib, ularni hal etish choralari ko‘riladi;
🔹 so‘rovnomalar tashkil etiladi;
🔹 murojaatlar qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

👩‍🏫 O‘qituvchi huquqi — jamiyat kelajagi va ta’lim sifatining muhim kafolati.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
 
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi ko‘pdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Kuni kecha "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yig‘ilishida qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasiga mas’ul etib belgilandi.

"Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasi 29-sentyabr kuni o‘tkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.


🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
🔥7👍2❤1
#2_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Manfaatlar to‘qnashuvi: muammoni yashirmasdan, uni bartaraf etish choralari ko'rilishi kerak

Xodimning shaxsiy manfaatlari uning xizmat vazifalarini xolis bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holat manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirishi mumkin.

🔹 Bunday vaziyatni yashirish emas, o‘z vaqtida aniqlash va belgilangan tartibda ma’lum qilish muhim.

✅ Yechim: manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, xabar berish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

🎯 Natija: qarorlar xolis va shaffof qabul qilinadi.

Korrupsiyaning oldini olish — muammoni yashirishdan emas, uni vaqtida aniqlashdan boshlanadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
🔥3👍1
🇺🇿🇸🇬 Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) konferensiyasi doirasida Singapur vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Adliya vazirligi delegatsiyasi Kanadada boʻlib oʻtayotgan Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) konferensiyasi va Bosh umumiy yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

🤝 Tadbir doirasida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Singapurning To‘lovga qobiliyatsizlik va jamoat ishonchli boshqaruvi ofisi (IPTO) rasmiy boshqaruvchisi va rasmiy tugatuvchisi K. Leong bilan uchrashdi.

📌 Uchrashuv davomida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishda Singapur tajribasini o‘rganish, ilg‘or amaliyotlarni milliy tizimga tatbiq etish, sud boshqaruvchilari institutini rivojlantirish hamda mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🎓 Shuningdek, Agentlik vakillari va sud boshqaruvchilarining Singapurga o‘quv-amaliy tashrifini tashkil etish, tajriba almashish, ekspertlar ishtirokida maslahatlashuvlar va qo‘shma o‘quv dasturlarini o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.

✅ Uchrashuv yakunida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va IPTO o‘rtasida bevosita institutsional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash, tajriba almashish hamda qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil etish masalalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👍4❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

⁉️Adliya vazirining Farg‘onadagi sayyor qabulida bayon qilingan uch yillik sarsongarchilikka qanday chek qo‘yildi?
 
Tasavvur qiling, sizda umuman yo'q bo'lgan qarzdorlik uchun 3 yil davomida turli idoralarga qatnaysiz, ammo natija bo'lmaydi. Farg'ona viloyati Dang'ara tumanida yashovchi fuqaro Bahromjon Usmonov ham xuddi shunday vaziyatga tushib qoldi.

Muammo shundaki, fuqaroga gaz ta'minotidan 3,5 million so'm miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangan. Tuman gaz idorasi va boshqa tashkilotlarga qilingan murojaatlar 3 yil davomida mutlaqo besamar ketdi.

Adliya vaziri ishtirokida Farg'onada o'tkazilgan ommaviy sayyor qabulda fuqaro ushbu masala yuzasidan murojaat qildi.

Batafsil videorolikda

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👏4👍3❤1
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni damda, "Huquqiy davlat sari 35 yil. Yuridik ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yangi taraqqiyot bosqichida" xalqaro  ilmiy-amaliy konferensiyada adliya vaziri Akbar Tashkulov nutq so’zlamoqda.
❤7👍2🔥1
#Adliya_xabari

❗️Xorazmda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N.Muxammadiyev tomonidan Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Xorazmda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.

🔹 Xususan, Yangiariq tumanidagi "YANGI ARIQ TEX" MCHJ, Xiva tumanidagi "YUGGAZXIVAMAXSUSELEKTROMONTAJQURILISH" MCHJ, Qo'shko'pir tumanidagi "PERSON" ХК, "KARAVAN AVTO PLYUS" MCHJ hamda boshqa to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonalarning moliyaviy holati, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.


📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13

"Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz kerakki, ular yangi imkoniyatlarni yaratib, keyingi avlodlar uchun tinch, barqaror va yanada adolatli kelajakni shakllantirsin!" – Saida Mirziyoyeva.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Adliya_xabari

⚖️ TDYU — 35 yil: yuridik ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yangi taraqqiyot bosqichida

✅Toshkent shahrida Toshkent davlat yuridik universiteti tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Huquqiy davlat sari 35 yil. Yuridik ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yangi taraqqiyot bosqichida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

➡️Unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud-huquq sohasi vakillari, mamlakatimiz va xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, taniqli huquqshunos olimlar, xalqaro ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar va talabalar ishtirok etdi.

➡️Tadbirning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov so‘zga chiqib, zamonaviy yuridik ta’limni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

📌 Bugungi kunda TDYUda yuridik ta’lim va ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan:
🔵 fakultetlar faoliyatida akademik departament, tadqiqot markazi hamda amaliyot va karyera markazidan iborat yangi boshqaruv modeli shakllantirildi;
🔵 2026–2030-yillarda yuridik ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha 14 ta tematik blok doirasida 31 ta ustuvor yo‘nalish va 182 ta subyo‘nalish belgilandi;
🔵 nazariya va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish maqsadida 2–4-bosqich talabalari uchun 120 ta davlat va xususiy tashkilotda doimiy amaliyot tizimi yo‘lga qo‘yildi;
🔵 universitet bitiruvchilarining qariyb 96 foizi ish bilan ta’minlangan, 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining 72 foizi esa universitetni tamomlamasdan turib dual ta’lim orqali band qilingan;
🔵 professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan Scopus bazasiga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda 71 ta maqola chop etildi;
🔵 2026-yil avgust holatiga 38 ta ilmiy himoya, jumladan, 6 ta DSc va 32 ta PhD himoyasi amalga oshirildi.


✅Huquqshunoslik alohida kasb. Yuristning qo‘lida inson taqdiri, uning mulki, erkinligi va sha’ni bor. Shuning uchun huquqshunosdan chuqur bilim bilan birga pok vijdon, halollik va mustahkam iroda talab etiladi. - ta’kidladi adliya vaziri Akbar Tashkulov o‘z nutqida.

➡️ Konferensiya doirasida, shuningdek, universitetning “TDYU–2030” taraqqiyot strategiyasi, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yuridik ta’limni raqamlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🔥1👏1