ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️O'zbekiston sud ekspertiza sohasi imkoniyatlari Xalqaro kongressda namoyish etildi.

⚡️ Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tayotgan “The International 21st Forensic Medicine Congress” da Adliya vazirligi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

✔️ Tadbir davomida delegatsiya vakillari tomonidan xorijiy sud ekspertiza muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlik sohasida muloqotlar olib borilib, zamonaviy sud ekspertizaning ilg‘or yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda hamda bu borasida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, Turkiya Sud-tibbiyot instituti prezidenti Hizir Asliyuksek hamda Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi departamenti rahbari Abdulla Murat bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, sud-ekspertiza sohasidagi hamkorlik masalalari hamda hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar davomida sud ekspertiza sohasini raqamlashtirish, DNK ekspertizasi va zamonaviy genetik tadqiqotlar, zamonaviy ekspertlik metodikalarini o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar tajribasini almashish, Turkiy davlatlar o‘rtasida yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni shakllantirish kabi muhim masalalar bo‘yicha fikrlar almashildi.

Shu bilan birga, delegatsiya Turkiya Sud tibbiyoti institutining Antaliya bo‘limiga tashrif buyurib, undagi sud ekspertizasi tadqiqotlari uchun mavjud imkoniyat va sharoitlar, ekspertlar tomonidan qo‘llanilayotgan uslubiyot hamda texnologiyalar bilan tanishdi.


✔️ Bundan tashqari, sud ekspertiza sohasini takomillashtirishga qaratilgan plenar sessiyalar davomida Markaz direktori M.Maxkamov tomonidan "O'zbekistonda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilgan muhim islohotlar" mavzusida ma'ruza-taqdimot qilindi.

Ma'ruza davomida sud ekspertizaning huquqiy asoslarini takomillashtirish, nodavlat sud ekspertiza sohasini rivojlantirish, ekspertlarning kasbiy malakasini oshirish, akkreditatsiya va validatsiya tizimini rivojlantirish, raqamlashtirish va «Elektron ekspertiza» tizimini joriy etish, ilmiy-tadqiqot va uslubiy ta’minotni kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilib, ushbu yo‘nalishlarda muhim ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilarida ma’ruza katta qiziqish uyg‘otib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muhim islohotlar bilan bir qatorda sud ekspertiza sohasining istiqbollari borasida berilgan savollarga batafsil tushuntirishlar berildi.


✔️Кongress o'z ishini davom ettirmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Adliya_tabrigi

Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!

Sizlarni 26-sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdagi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishidagi, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini taʼminlashdagi masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

25 yillik muammo adliya aralashuvi bilan hal boʻldi


Bu muammo Tojikiston Respublikasining Tursunzoda tumanida tugʻilgan Halima Tursunovani shuncha yil qiynab keldi. Ayni masala bir ayolning emas, butun bir oila kelajagiga daxl qilardi.

Endi hammasi ortda qoldi. Bugun Halima adliya organlaridan minnatdor.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
#Stop_korrupsiya

⚠️ Xabar ber - adolatni ta'minla!

📣Hurmatli fuqarolar, Adliya vazirligi va uning tizimidagi idoralar, jumladan:


▪️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▪️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▪️FHDY organlari;
▪️davlat xizmatlari markazlari;
▪️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▪️To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▪️Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
▪️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
▪️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▪️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▪️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▪️Intellektual mulk markazi;
▪️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▪️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▪️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlariga duch kelsangiz telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga tegishli ma'lumotlarni yuborishingiz mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
#Navoiy_viloyati

G‘ozg‘on shahri Navoiy viloyatining eng yosh hududlaridan biri. Xalq tilida u “Tosh shahri” deb ham yuritiladi. Boisi g’azg’onliklar azaldan marmar, granit ishlab chiqarish, toshga ishlov berish bilan shug’ullanishgan.

Uylar-u ko’chalarini ham toshdan bunyod etadigan g’azg’onliklarning murojaatlari davlat tashkilotlari e’tiborida.


Adliya idorasi esa muammolarning huquqiy tomonlarini tahlil etishga va huquqiy ko’makka doimo tayyor. Adliya yordami bilan masalasiga ijobiy yechim topgan ana shunday fuqarolardan biri Gulasal To’xtayeva. U ayni paytda G’azg’on shahridagi Marmarobod mahallasida ijtimoiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda.

▶️ Batafsil videoda...

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi.

"Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor."


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Kadastr bo‘yicha maslahat endi Davlat xizmatlari markazining o‘zida

Farg‘onadagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida kadastr maslahat burchaklari tashkil etildi.

Uning asosiy maqsadi — fuqarolar va tadbirkorlarga kadastr sohasidagi masalalar bo‘yicha bevosita maslahat berish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tushuntirish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini yanada soddalashtirish.

“Kadastr maslahat burchagi”ga sohada yetarli bilim va amaliy tajribaga ega mas’ul xodim biriktirilgan. Burchak zarur texnika vositalari, internet tarmog‘i, axborot stendlari, bukletlar va yo‘riqnomalar bilan ta’minlangan.

Endi kadastrga oid savollaringiz bo‘lsa, kerakli maslahatni Davlat xizmatlari markazlarining o‘zida olishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

“Mualliflik huquqini himoya qilish oyi”

Har bir ijod ortida inson, uning mehnati va qalbi bor!
Mualliflik huquqini himoya qilish — ijodkor mehnatini qadrlash va uning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish demakdir.


📌 Oy davomida:
✅ ijtimoiy tarmoqlar va OAVda huquqiy-ma’rifiy videolar va media materiallar e’lon qilinadi;
✅ “Huquqiy radioviktorina” va onlayn testlar tashkil etiladi;
✅ ijodkorlar bilan ochiq muloqotlar, podkastlar, davra suhbatlari va master-klasslar o‘tkaziladi;
✅ yoshlar va ta’lim muassasalarida mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik bo‘yicha tadbirlar tashkil etiladi;
✅ san’atkorlar, yozuvchilar va shoirlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari va fleshmoblar o‘tkaziladi;
✅ kitobxonlik, nashriyot, teatr, kino, IT va boshqa sohalarda mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.


📣 Mualliflik huquqi — ijodkor mehnatining huquqiy kafolati.
Muallifni qadrlaylik.
Mehnatni himoya qilaylik.
Ijodni asraylik!


#MualliflikHuquqiniHimoyaQilishOyi #MualliflikHuquqi #Ijod

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
1❤7🔥5👏4👍3
#1_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

💡 Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li — inson omilini kamaytirish


⚖️ Adliya organlarida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish hamda murojaatlarni onlayn qabul qilish orqali korrupsion holatlarning oldi olinmoqda.

📱 Bugungi kunda ko‘plab davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan.

✅ Natijada:
🔹 ortiqcha qog‘ozbozlik qisqarmoqda;
🔹 fuqarolar va mansabdor shaxslar o‘rtasidagi bevosita aloqa kamaymoqda;
🔹 xizmatlar ko‘rsatish jarayoni shaffoflashmoqda;
🔹 korrupsion xavf omillari bartaraf etilmoqda.

📌 Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazolash bilan emas, balki uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish orqali samarali natija beradi.

🤝 Shaffoflik va qonun ustuvorligi — korrupsiyasiz jamiyatning eng muhim poydevoridir.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
🔥3
#Tayinlov

Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Yusupov Behzodjon Farhodovich Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Behzodjon Yusupov 1980-yil 17-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi,
1-darajali adliya maslahatchisi.

2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini, 2012-yilda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:
➖ 2005–2006-yillarda Toshkent shahar Yunusobod tuman sud ijrochilari bo‘linmasi sud ijrochisi;
➖ 2006–2014-yillarda Adliya vazirligi Sud departamentida turli xil lavozimlarda;
➖ 2014–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Devoni) da turli xil llavozimlarda;
➖ 2020–2022-yillarda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi 1-o‘rinbosari;
➖ 2022–2023-yillarda Qarshi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi;
➖ 2023–2025-yillarda Adliya vazirligida turli lavozimlarda;
➖ 2025-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti direktori o‘rinbosari;
➖ 2025–2026-yillarda Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Ushbu tayinlovga qadar Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Behzodjon Yusupovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31❤6🔥6
#O'qituvchilarga_ehtirom
#Pedagoglar_huquqi

📚 “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi

📣Joriy yil 25-sentyabrdan 15-oktyabrgacha pedagoglarning huquqiy bilim va himoyasini kuchaytirishga qaratilgan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida:

🔹 seminar-treninglar tashkil etiladi;
🔹 huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatiladi;
🔹 pedagoglarning tizimli muammolari o‘rganilib, ularni hal etish choralari ko‘riladi;
🔹 so‘rovnomalar tashkil etiladi;
🔹 murojaatlar qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

👩‍🏫 O‘qituvchi huquqi — jamiyat kelajagi va ta’lim sifatining muhim kafolati.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
 
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi ko‘pdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Kuni kecha "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yig‘ilishida qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasiga mas’ul etib belgilandi.

"Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasi 29-sentyabr kuni o‘tkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.


🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
🔥7👍2❤1