ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Buxoroda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ullari ishtirokida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirlarda Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi vakillari, Buxoro davlat universiteti va Buxoro davlat muhandislik universiteti olimlari, ixtirochilar, yosh tadqiqotchilar hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda ixtiro va foydali modellarni amaliyotga joriy etish, ishlab chiqarishga tatbiq qilish, patentlash, huquqiy muhofaza va tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga ilmiy ishlanmalarni amaliy mahsulot va xizmatlarga aylantirish hamda bozorga olib chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Yakunida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish va patentlash bo‘yicha 10 dan ortiq shartnoma tuzish yuzasidan kelishuvlarga erishildi hamda keyingi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤1
#Adliya_xabari

❗️ Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

✅ Andijon viloyatida Adliya vaziri A. Tashkulov, Oliy sud raisi R. Maxmudova hamda Prezident huzuridagi tadbirkorlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil – Biznes-ombudsman A. Bo'riyev tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bevosita tadbirkorlarning o‘zidan eshitish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, mavjud masalalarni vakolatli tashkilotlar ishtirokida muhokama qilish hamda amaliy yechimlarini belgilashdan iborat bo‘ldi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan yer va mulk munosabatlari, davlat xizmatlaridan foydalanish, soliq va moliyaviy masalalar, tadbirkorlik faoliyatiga oid ma’muriy to‘siqlar, sud-huquq masalalari, shuningdek, turli tashkilotlar bilan munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.


🌀 Shuningdek, tadbirkorlarning murojaatlari mas’ullar tomonidan bevosita tinglanib, ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi. Bunda tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, faoliyat yuritishi uchun qulay huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, tadbirkorlarning murojaatlariga tezkor va samarali munosabat bildirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Muloqot so'ngida tadbirkorlarning murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Unda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining individual murojaatlari tinglanib, har bir masala bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda yechimi alohida o‘rganishni talab etadigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤4🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Yuridik_xizmat_5_yil

❗️ ISHONCH VA HAMKORLIK YILLARI !!!

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168-son qarori asosida tashkilotlarga yuridik xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilganiga joriy yil oktyabr oyida 5 yil to‘ladi.

🤝Besh yil davomida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan tashkilotlarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilib, qonuniylikni ta’minlash va huquqiy masalalarni hal etishda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

❓ Tashkilotlar biz haqimizda qanday fikrda?

🔴 Yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar vakillari 5 yillik hamkorlik va markazlar faoliyati haqidagi fikrlarini bildirishdi.

❗️Andijon viloyati Paxtaobod tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi faoliyati misolida yuqoridagi videolavha bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍Bir muammo. Bir g‘oya. Haqiqiy o‘zgarish.

Oddiy ko‘ringan muammo — katta o‘zgarishlar sari tashlangan birinchi qadam bo‘lishi mumkin.

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi orqali:
✔️ mavjud muammoni ko‘rsating;
✔️ uni hal etish bo‘yicha yechim taklif qiling;
✔️ taklifingizni aniq misol va dalillar bilan asoslang.
Eng dolzarb va amaliy takliflar saralanib, amaliyotga joriy etiladi.
🎙Balki, navbatdagi foydali o‘zgarish aynan sizning taklifingiz bilan boshlanar?

O‘z taklifingizni yuboring!
murojaat.byurokratiyasiz2030.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#Adliya_xabari

❗️O'zbekiston sud ekspertiza sohasi imkoniyatlari Xalqaro kongressda namoyish etildi.

⚡️ Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tayotgan “The International 21st Forensic Medicine Congress” da Adliya vazirligi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

✔️ Tadbir davomida delegatsiya vakillari tomonidan xorijiy sud ekspertiza muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlik sohasida muloqotlar olib borilib, zamonaviy sud ekspertizaning ilg‘or yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda hamda bu borasida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, Turkiya Sud-tibbiyot instituti prezidenti Hizir Asliyuksek hamda Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi departamenti rahbari Abdulla Murat bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, sud-ekspertiza sohasidagi hamkorlik masalalari hamda hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar davomida sud ekspertiza sohasini raqamlashtirish, DNK ekspertizasi va zamonaviy genetik tadqiqotlar, zamonaviy ekspertlik metodikalarini o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar tajribasini almashish, Turkiy davlatlar o‘rtasida yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni shakllantirish kabi muhim masalalar bo‘yicha fikrlar almashildi.

Shu bilan birga, delegatsiya Turkiya Sud tibbiyoti institutining Antaliya bo‘limiga tashrif buyurib, undagi sud ekspertizasi tadqiqotlari uchun mavjud imkoniyat va sharoitlar, ekspertlar tomonidan qo‘llanilayotgan uslubiyot hamda texnologiyalar bilan tanishdi.


✔️ Bundan tashqari, sud ekspertiza sohasini takomillashtirishga qaratilgan plenar sessiyalar davomida Markaz direktori M.Maxkamov tomonidan "O'zbekistonda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilgan muhim islohotlar" mavzusida ma'ruza-taqdimot qilindi.

Ma'ruza davomida sud ekspertizaning huquqiy asoslarini takomillashtirish, nodavlat sud ekspertiza sohasini rivojlantirish, ekspertlarning kasbiy malakasini oshirish, akkreditatsiya va validatsiya tizimini rivojlantirish, raqamlashtirish va «Elektron ekspertiza» tizimini joriy etish, ilmiy-tadqiqot va uslubiy ta’minotni kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilib, ushbu yo‘nalishlarda muhim ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilarida ma’ruza katta qiziqish uyg‘otib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muhim islohotlar bilan bir qatorda sud ekspertiza sohasining istiqbollari borasida berilgan savollarga batafsil tushuntirishlar berildi.


✔️Кongress o'z ishini davom ettirmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5