ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“9 soat”ning siri nimada?

“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…

Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”

Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.

Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.

Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.

Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.

“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham ehhe devorasiz.

Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.

Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.

Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.

Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.

Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.

Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.

Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?

Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».

Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.

"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".

9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.

Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.

“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.

9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.
👍65🔥3
#Adliyadan_qulaylik

🌐Onlayn notarial harakat bu – istalgan joydan turib notarial harakatni masofadan turib amalga oshirishdir.
 
👍Onlayn notarial harakatlar video-konferens-aloqa rejimida E-notarius.uz axborot portali hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.
 
📲Murojaatchi notarial harakatlarni onlayn amalga oshirish uchun Adliya Plus ilovasi yoki E-notarius.uz axborot portalida shaxsini tasdiqlagan holda roʻyxatdan oʻtadi va murojaatni notariusga yuboradi.
 
🏪Notarius bir ish kuni ichida murojaatni oʻrganib chiqadi hamda murojaatda kamchiliklar mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida, kamchilik aniqlanmagan taqdirda, notarial harakatni davom ettirish to‘g‘risida murojaat qiluvchiga elektron xabarnoma yuboradi. Bunda, notarial harakat amalga oshirish vaqti murojaatchi bilan kelishilgan holda belgilanishi mumkin.
 
🖋Notarius tomonidan notarial harakat taraflarga notarial harakat bilan tasdiqlangan hujjat(lar)ning asl nusxa(lar)i shaxsan topshiriladi yoki kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoxud boshqa usullar orqali yetkaziladi.
 
❗️Notarial harakatni onlayn rasmiylashtirish nima uchun qulay:

Navbatda turilmaydi, vaqt tejaladi
(onlayn tasdiqlanganda - 20-25 daqiqa, notarial idoraga kelganda - 1-2 soat).
 
Notarial idoraga kelib-ketish uchun ortiqcha xarajat qilinmaydi.
 
Dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn harakatni rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. (Misol uchun, ishonchnoma: xorijda tasdiqlab yuborilsa - 200-300 AQSH dollari, xorijda turib O‘zbekistonda onlayn tasdiqlansa - bepul).
 
Umuman hujjatlar talab qilinmaydi. Belgilangandan ortiqcha pul undirilmaydi. Korrupsiya yo‘q.
 
Notarial harakat audio-videoda saqlanadi.
(Firibgarlik va majburlash kabi holatlar bo‘lmaydi).

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#Adliya_xabari

“Boysun do‘ppisi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


📍 “Boysun do‘ppisi” — Surxondaryo viloyati Boysun tumani hududida qadimdan tikib kelinadigan, dumaloq shaklli, piltado‘zi uslubida kashta bilan bezatilgan milliy bosh kiyimdir.

🧵 Uning o‘ziga xosligi piltado‘zi kashta uslubi, geometrik naqshlari, yorqin ranglar uyg‘unligi hamda an’anaviy tikish usullarida namoyon bo‘ladi. Do‘ppida chilxol, chayongul, qo‘chqorshoxi, archa va ko‘zacha kabi naqshlar qo‘llaniladi.

⚖️ “Boysun do‘ppisi”ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulotning Boysun hududi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Natijada:
“Boysun do‘ppisi” nomining huquqiy muhofazasi ta’minlanadi;
mahsulotning an’anaviy xususiyatlari va ishlab chiqarish usullarini asrashga xizmat qiladi;
Boysun hunarmandchiligi mahsulotini ichki va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun huquqiy asos yaratiladi.

📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari muayyan geografik hudud bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatuvchi intellektual mulk obyektidir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥1
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari
M. Istamov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda yoshlarning ta’lim jarayoni, sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlari hamda kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq fikr va takliflari tinglandi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish hamda ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41
#Adliya_xabari

Mulkdorlarga huquqlari e’tirof etilgan qarorlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari
M. Istamov tomonidan fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylari va ular joylashgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarorlari tantanali tarzda topshirildi.

Mazkur hujjatlarning topshirilishi fuqarolarning yillar davomida uy-joylariga nisbatan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda duch kelgan muammolarini hal etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Ma’lumki, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun asosida fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini qonuniylashtirish imkoniyati kengaytirildi.

Endilikda fuqarolar o‘z uy-joylari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirish imkoniyatiga ega.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍62
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilmoqda
4👍1🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

Batafsil:👇

https://sudex.uz/?p=7066

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#Adliya_xabari

⚖️ “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 17-sentabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi yoshlarning intellektual mulk sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

📌 Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, “Millat umidi maktabi” xususiy ta’lim muassasasi o‘quvchilari hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari ishtirok etdilar.Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun “Intellektual mulk markazi” binosida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazma burchaklari orqali interaktiv ekskursiyalar tashkil etildi.

🟦Bunda o‘quvchilarga quyidagi intellektual mulk obyektlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi:

Ixtiro va foydali modellar — ularning yaratilishi, huquqiy muhofazasi va amaliyotdagi ahamiyati;
Seleksiya yutuqlari (o‘simlik navlari va hayvon zotlari), sanoat namunalari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari — mazkur obyektlarning qo‘llanish sohalari va huquqiy asoslari;
Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari — brend va mahsulot identifikatsiyasidagi roli, kontrafakt mahsulotlardan farqi;
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari — ijodiy faoliyat natijalari, ularni himoya qilish mexanizmlari va mualliflik huquqini buzish holatlari.


✔️ Tadbir ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda “Millat umidi maktabi” xususiy ta’lim muassasasi o‘quvchilari, ikkinchi bosqichda esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari ko‘rgazma burchaklari bilan tanishdilar.

🟦Har bir guruhga markaz mutaxassislari tomonidan qiziqarli tarzda ma’lumotlar taqdim etildi, savol-javoblar o‘tkazildi.

Ishtirokchilar tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori darajada tashkil etilgani va axborotlarga boy bo‘lgani alohida ta’kidlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥43👏1