#Adliya_xabari
Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi
Bugun, 4-sentyabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.
Muloqotda “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun ijrosi doirasida Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda mediatsiya, xalqaro arbitraj va nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini rivojlantirish, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda ingliz huquqi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Toshkent xalqaro moliya markazi doirasida zamonaviy huquqiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Shu bilan birga, mediatsiya instituti ham jadal rivojlanayotgani, mediatsiya kelishuvlari soni 4 barobarga o‘sib, 2026-yil I yarim yillikda 18 411 taga yetgani qayd etildi. Sud jarayonida esa 2 897 ta mediatsiya kelishuvi tuzilgan bo‘lib, bu raqamlar mamlakatda ushbu institutga bo‘lgan ishonch va talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Toshkent xalqaro moliya markazi doirasida zamonaviy huquqiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍9🎉1
#Adliya_xabari
🏆 Adliya vazirligi jamoasi —birinchi!
Vazirlik va idoralar o‘rtasida oʻtkazilgan Mustaqillik kubogida gʻoliblar aniqlandi.
🏆 Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi.
7️⃣ 8️⃣ Unda turli tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan jami 78 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashdi.
🔥 Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇 1-o‘rin: Adliya vazirligi jamoasi;
🥈 2-o‘rin: "Oʻzbekkoʻmir" AJ jamoasi;
🥉 3-o‘rin: Fanlar akademiyasi jamoasi.
💻 G‘olib jamoalar diplom, medallar, noutbuklar hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!
🏆 Shuningdek, musobaqada 1-o‘rinni egallagan Adliya vazirligi jamoasiga maxsus tayyorlangan Mustaqillik kubogi topshirildi!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🏆 Adliya vazirligi jamoasi —birinchi!
Vazirlik va idoralar o‘rtasida oʻtkazilgan Mustaqillik kubogida gʻoliblar aniqlandi.
🔥 Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍26🔥16❤12🙏2
Stipendiatlarga guvohnomalar topshirildi
✅ Toshkent davlat yuridik universitetining 10 nafar talabalari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.
💠 Ularga 2026/2027 o'quv yilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori boʻlganligini tasdiqlovchi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.
🥇 Taqdirlangan talabalar ro'yxati:
🟦 Xolmamatova Aziza Ozod qizi (2-kurs)
🟦 Ibrohimov Adhamjon Ibrohim o‘g‘li (2-kurs)
🟦 Qarshiyeva Ma’rifatxon Abdivasid qizi (2-kurs)
🟦 Xayrullayeva Muxlisa Ravshan qizi (2-kurs)
🟦 Abdiqodirova Gavxaroy G‘ulomjon qizi (2-kurs)
🟦 Tilovmurodova Jasmina Alisher qizi (3-kurs)
🟦 Valiyeva Nigina Tuychiyevna (3-kurs)
🟦 Shodiyeva Irisa Soatmurod qizi (3-kurs)
🟦 Xoljigitov Mirzoxid Murodjon o‘g‘li (3-kurs)
🟦 To‘xtaboyev Dilmurod Xolboy o‘g‘li (3-kurs)
📌 Ushbu stipendiya talabalarga mukammal bilim olish, tanlagan kasbiga bo‘lgan muhabbatni oshirish, Adliya organlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hamda kelajakda munosib kasbiy va ilmiy faoliyatini tanlashlarida turtki bo‘lib xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍6
#Adliya_hudud_muassasa
Hududiy adliya organlari va muassasalari: kun davomida:
✅ Xorazm viloyati: “Yangiariq tumanida yashovchi 78 yoshli fuqaro Tarbeyeva Anna Mixaylovnaga tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnoma topshirildi.
✅ Navoiy viloyati: Fuqaroning imtiyozli shartlarda pensiya olishga bo‘lgan huquqi tiklandi
✅ Qashqadaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan fuqaro zimmasiga asossiz yuklangan 1 milliard 334 million 633 ming 333 so‘mlik soliq qarzdorligi bekor qilindi.
✅ Samarqand viloyati: Adliya aralashuvi bilan o‘qituvchi yana ishiga qaytdi.
✅ Sirdaryo viloyati: 25 yil davom etgan muammoga Adliya nuqta qo‘ydi.
✅ Toshkent viloyati: Notariat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti: TDYUning 10 nafar talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi sohibi bo‘ldi
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Hududiy adliya organlari va muassasalari: kun davomida:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5🔥2👏1😢1
#Tayinlov
Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Raxmatov Mirsaid Azamatovich Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mirsaid Raxmatov 1990-yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2013-yilda Samarqand davlat universitetini, 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.
Ma’lumot uchun, M. Raxmatov joriy yilning may oyida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida Inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim sifatida g‘oliblikni qo'lga kiritgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Mirsaid Raxmatovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Raxmatov Mirsaid Azamatovich Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mirsaid Raxmatov 1990-yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2013-yilda Samarqand davlat universitetini, 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
➖ 2015–2017-yillarda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali inspektori;
➖ 2017-yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi katta maslahatchisi;
➖ 2017–2021-yillarda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi yetakchi maslahatchisi;
➖ 2021–2022-yillarda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2022–2025-yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2025–2026-yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2026-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i v.b. lavozimida faoliyat yuritgan.

👍45🔥7❤5👏2🎉2👎1