ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚔️O‘zbekiston delegatsiyasi Koreyada intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhining navbadagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda

1-4-sentabr kunlari Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Patent vakillari assotsiatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

⚫️Mazkur loyiha KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, koreyalik hamkor tashkilotlar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

✔️Xizmat safari doirasida delegatsiya Koreyaning intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi, raqamli infratuzilmasi, ma’lumotlarni boshqarish amaliyoti hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishmoqda.

✔️Shuningdek, loyiha doirasidagi texnik masalalar muhokama qilinib, O‘zbekistonda intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar belgilanmoqda

🤝Tadbir O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish hamda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥65👎1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi

Batafsil:👇

https://sudex.uz/?p=7066
👍4
#Adliya_xabari

Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi


Bugun, 4-sentyabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Muloqotda “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun ijrosi doirasida Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda mediatsiya, xalqaro arbitraj va nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini rivojlantirish, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda ingliz huquqi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, mediatsiya instituti ham jadal rivojlanayotgani, mediatsiya kelishuvlari soni 4 barobarga o‘sib, 2026-yil I yarim yillikda 18 411 taga yetgani qayd etildi. Sud jarayonida esa 2 897 ta mediatsiya kelishuvi tuzilgan bo‘lib, bu raqamlar mamlakatda ushbu institutga bo‘lgan ishonch va talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.


Uchrashuv yakunida tomonlar Toshkent xalqaro moliya markazi doirasida zamonaviy huquqiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍9🎉1
#Adliya_xabari

🏆 Adliya vazirligi jamoasi —birinchi!

Vazirlik va idoralar o‘rtasida oʻtkazilgan Mustaqillik kubogida gʻoliblar aniqlandi.

🏆 Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi.

7️⃣8️⃣ Unda turli tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan jami 78 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashdi.

🔥 Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Adliya vazirligi jamoasi;
🥈2-o‘rin: "Oʻzbekkoʻmir" AJ jamoasi;
🥉3-o‘rin: Fanlar akademiyasi jamoasi.

💻 G‘olib jamoalar diplom, medallar, noutbuklar hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!

🏆Shuningdek, musobaqada 1-o‘rinni egallagan Adliya vazirligi jamoasiga maxsus tayyorlangan Mustaqillik kubogi topshirildi!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍26🔥1612🙏2
Stipendiatlarga guvohnomalar topshirildi

Toshkent davlat yuridik universitetining 10 nafar talabalari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.

💠Ularga 2026/2027 o'quv yilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori boʻlganligini tasdiqlovchi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

🥇Taqdirlangan talabalar ro'yxati:
🟦Xolmamatova Aziza Ozod qizi (2-kurs)
🟦Ibrohimov Adhamjon Ibrohim o‘g‘li (2-kurs)
🟦Qarshiyeva Ma’rifatxon Abdivasid qizi (2-kurs)
🟦Xayrullayeva Muxlisa Ravshan qizi (2-kurs)
🟦Abdiqodirova Gavxaroy G‘ulomjon qizi (2-kurs)
🟦Tilovmurodova Jasmina Alisher qizi (3-kurs)
🟦Valiyeva Nigina Tuychiyevna (3-kurs)
🟦Shodiyeva Irisa Soatmurod qizi (3-kurs)
🟦Xoljigitov Mirzoxid Murodjon o‘g‘li (3-kurs)
🟦To‘xtaboyev Dilmurod Xolboy o‘g‘li (3-kurs)

📌Ushbu stipendiya talabalarga mukammal bilim olish, tanlagan kasbiga bo‘lgan muhabbatni oshirish, Adliya organlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hamda kelajakda munosib kasbiy va ilmiy faoliyatini tanlashlarida turtki bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍6