ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mustaqillik_35

🇺🇿 Adliya vazirligida Mustaqillikning 35 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda

Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

🇺🇿 Mustaqillik — erkin va farovon hayotimiz, bugungi yutuqlarimiz hamda kelajak sari ishonch bilan intilishimizning mustahkam poydevoridir.

❗️ Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3👏32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Davlat_xizmatlari

⚔️ Davlat xizmatlaridan mamnunmisiz?

Bugun davlat xizmatlaridan foydalanish qanchalik qulay, tezkor va sodda?

Shu savollarga fuqarolarning o‘zi qanday javob berishini bilish maqsadida yurtdoshlarimiz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdik.

🎥 Davlat xizmatlaridan foydalangan fuqarolar fikri — videoda.
Siz-chi, davlat xizmatlaridan mamnunmisiz?

✍️ Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Sizning bahoyingiz va taklifingiz xizmatlarni yanada yaxshilash uchun muhim.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
#Mustaqillik_35
#Xotira_va_ehtirom

🇺🇿 Aziz insonlar xotirasi qancha e’zozlansa, milliy istiqlolimiz qadri shuncha oshadi

Mustaqillik bayrami arafasida Vatan ozodligi va xalqimiz erkinligi yo‘lida jon fido qilgan qahramon ajdodlarimiz xotirasi yana bir bor yodga olindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlari xotirasini e’zozlash, tarixiy adolatni tiklash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtaldi.

“Barcha islohotlarimiz markazida turgan «Inson qadri uchun!» degan ezgu g‘oya jasur ota-bobolarimizning ruhlarini shod etish, orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ishlarimizni yanada kuchaytirishni talab etadi. Aziz insonlar xotirasi qancha e’zozlansa, bugungi tinch hayotimiz, milliy istiqlolimiz qadri shuncha oshadi”, — dedi Prezident.


🕊 Ajdodlar xotirasiga hurmat — bugungi ozod va tinch hayotimizning qadrini anglashdir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
#Mustaqillik_35
#Etirof

⚔️ Adliya tizimi vakillarining fidokorona mehnati yuksak davlat mukofotlari bilan e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan adliya tizimi vakillari hamda advokatura sohasi fidoyilari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

🏅 Ular orasida “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan taqdirlangan hamkasblarimiz bor.

👏 Bu yuksak e’tirof — qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, yuridik ta’lim, sud ekspertizasi, arxiv ishi va advokatura sohalarini rivojlantirish yo‘lidagi samarali mehnatga berilgan munosib bahodir.

⚔️ Adliya vazirligi jamoasi davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etadi!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥21
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:

Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:

Telegram

Youtube

Facebook

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Mustaqillik_35
#Adliya_xabari

⚔️Adliya vazirligida Mustaqillikning 35 yilligi munosib nishonlandi

Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda adliya vaziri Akbar Tashkulov so‘zga chiqib, tizim xodimlarini ulug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladi.

💬 Vazir o‘z nutqida mustaqillik yillarida adliya tizimida amalga oshirilgan islohotlar, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida erishilgan natijalar hamda bu jarayonda fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning hissasiga alohida to‘xtaldi.

🏅 Bayram tadbiri davomida davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganlar, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan xodimlar, shuningdek, tizimda samarali va faol mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib rag‘batlantirildi.

👏 Bu e’tirof — adliya tizimini rivojlantirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va davlat oldidagi vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgan xodimlar mehnatiga berilgan munosib bahodir.

🇺🇿 Mustaqillik — erkin va farovon hayotimizning, barcha yutuq va yangilanishlarimizning mustahkam poydevori.

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥64