ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Qonunga sadoqat, adolatga xizmat — kelgusi faoliyatning bosh mezoni!” shiori ostidagi TDYU bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

🎓Bugun “Xalqlar do‘stligi” saroyida Toshkent davlat yuridik universitetining 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🧷Tantanali tadbir davlat va jamoat tashkilotlari, sud-huquq tizimi, xalqaro hamkorlar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalarini bir maydonga jamladi.

💠Marosim davomida universitetning so‘nggi yillardagi yutuqlari alohida e’tirof etildi:

▫️ 200 dan ortiq talaba akademik mobillik dasturlari orqali xorijning nufuzli universitetlarida tahsil oldi;
▫️ 50 nafarga yaqin bitiruvchi AQSH va Yevropa oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi;
▫️ 1490 nafar bitiruvchi diplom olishidan avval ish bilan ta’minlandi;
▫️ Universitet xalqaro reytinglarda yuqori natijalarni qayd etib, yuridik ta’lim sifatini yana bir bor namoyon etdi.

Tadbirda bitiruvchilarni tabriklash uchun so‘zga chiqqan adliya vaziri Akbar Tashkulov bitiruvchilarga murojaat qilib, shunday dedi:

“Qonunni bilish huquqshunosni mutaxassis qiladi. Adolatni his qilish esa uni buyuk huquqshunosga aylantiradi.”

🔖 Yangi hayot sari qadam qo‘yayotgan barcha bitiruvchilarni ushbu muhim bosqich bilan muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatingizda qonunga sadoqat, adolatga xizmat va yurt ravnaqi yo‘lida ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥4
📣 Ijodkorlar diqqatiga! O’z huquqlaringizni CLIP platformasi orqali himoya qiling‼️

⏯️ Musiqa, adabiyot, kino, fotografiya, dizayn yoki boshqa ijod yo’nalishida faoliyat yuritasizmi⁉️
Unda ijodingizni himoya qilishni ham unutmang‼️


📲 CLIP platformasi sizga mualliflik huquqlaringizni qanday samarali himoya qilishni o'rgatadi.


CLIP (Creators Learn Intellectual Property) — Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan yaratilgan bepul xalqaro ta’lim platformasi bo’lib, ijodkorlarga o’z huquqlarini bilish, ularni himoya qilish va intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirishga yordam beradi.

📌 Platforma orqali siz:
✔️ mualliflik huquqi va turdosh huquqlar haqida bilim olasiz;
✔️ ijod mahsulotingizni qanday himoya qilishni o’rganasiz;
✔️ asaringizdan qonuniy daromad olish imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lasiz;
✔️ dunyoning turli mamlakatlaridagi ijodkorlarning tajribalari bilan tanishasiz;
✔️ bepul video va interaktiv o’quv materiallaridan foydalanishingiz mumkin.

🇵🇲 Bugungi kunga qadar platforma 7 tilda faoliyat yuritib, 25 dan ortiq mamlakat ijodkorlarini qamrab olgan hamda 220 mingdan ortiq foydalanuvchi undan foydalangan.

🔗 CLIP platformasiga tashrif buyuring va ijodingizni himoya qilishni bugundan boshlang‼️

🌐 https://goclip.org

Ijod qiling. Huquqlaringizni biling. Ijodingizni himoya qiling!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#AdliyaPlus

⚔️ Nikohni qayd etish uchun endi FHDY bo‘limiga borish shart emas!

📱 Endilikda Adliya Plus mobil ilovasi orqali nikohni qayd etish uchun onlayn ariza yuborish mumkin.

Ilovada bir necha bosqichni bajarish orqali arizani rasmiylashtirish, ikkinchi tomon ma'lumotlarini kiritish va xizmatdan masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud.

❗️ Buning uchun:
🔹 1-bosqich. Adliya Plus ilovasiga kiring.
🔹 2-bosqich. "Fuqaroga" bo‘limini tanlang.
🔹 3-bosqich. "FHDY xizmatlari" bo‘limiga o‘ting va "Nikohni qayd etish" xizmatini tanlang.
🔹 4-bosqich. Xizmat shartlari va narxlari bilan tanishib, "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosing.
🔹 5-bosqich. Arizachi ma'lumotlarini tekshiring hamda ikkinchi tomon haqidagi ma'lumotlarni kiriting.
🔹 6-bosqich. Telefon raqamingizni kiriting va barcha ma'lumotlarni qayta tekshirib, arizani yuboring.


⏱️ Bu esa ortiqcha vaqt sarflamasdan, nikohni qayd etish jarayonini yanada qulay va tezkor amalga oshirishga xizmat qiladi.

🎥 Videolavhada Adliya Plus ilovasi orqali nikohni qayd etish uchun ariza yuborish tartibi bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.

📌 Yaqinda oila qurishni rejalashtirayotgan tanishlaringizga ham ulashing!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👏1🎉1
#Sayyor_qabul

⚔️ Furqat tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

⚖️ Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Furqat tumanining "Chirkay" mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

📝 Qabul davomida uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaat qabul qilindi.

Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar esa belgilangan tartibda nazoratga olindi.

💼 Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarga 30 dan ortiq sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1🎉1🙏1
#live

Ayni paytda, “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Jizzax viloyatidagi Yosh arxivchi xodimlar bilan uchrashuv o'tkazmoqda.


📄Jizzax viloyatida yosh arxivchilar bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan ijtimoiy tadbirlarni yanada koʻproq tashkil etilishi, soha rivoji uchun yoshlar tomonidan berilayotgan takliflar va savollarga atroflicha javob berilmoqda hamda fikr va takliflar bildirilmoqda.

Qayd etish kerakki, Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida jami 66 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ushbu xodimlarning 24 nafarini yoshlar tashkil etadi.

📝Mazkur uchrashuv davomida arxivchi yoshlar o'zlarining innovatsion g'oyalari va tashabbuslarini ilgari surishdi. Xususan, uch nafar yosh xodimlar tomonidan sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan "Arxiv karvoni", "Eng yaxshi tuman arxivlari reytingi" kabi loyihalar taqdimoti o'tkazildi.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
1