ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚔️ Adliya vaziri Akbar Tashkulov tungi patrullik faoliyati bilan tanishdi

⚖️ Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tungi vaqtda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

📍 O‘rganishlar davomida “Aviasozlar” va “Tuzel” mahallalarida tashkil etilgan tungi patrullik va reyd tadbirlari, shuningdek, “Do‘stlik” metro bekati hududida jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan xizmat faoliyati ko‘zdan kechirildi.

🤝 Tadbir davomida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari bilan muloqot qilinib, xizmatni samarali tashkil etish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi osoyishtaligini ta’minlash hamda fuqarolar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, hududdagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, tungi vaqtda faoliyat yuritayotgan obyektlarda qonunchilik talablariga rioya etilishi, jamoat tartibini saqlash hamda xizmat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bu kabi amaliy o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ "Biznesning oshkora sirlari" formatida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida Buxoro tumanidagi "Naqshband" hunarmandchilik markazida "Biznesning oshkora sirlari" formatida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlar tajribali tadbirkor bilan muloqot qilib, biznesni yo‘lga qo‘yish, faoliyatni kengaytirish hamda bozor talabiga mos mahsulot ishlab chiqarish borasidagi tajriba va tavsiyalar bilan tanishdilar.

🏺 Shuningdek, ishtirokchilar tasviriy san’at, kulolchilik, tikuvchilik, yog‘och o‘ymakorligi va ipak qog‘oz tayyorlash kabi milliy hunarmandchilik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishib, kasb-hunar orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.

⚖️ Muloqot davomida yosh tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, imtiyozli kreditlar, subsidiya va grantlar, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va tajribali tadbirkorlardan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, hunarmandchilik va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

📍 "Yoshlar kuni" doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Yangibozor tumanida yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat xizmatlaridan foydalanish, kredit olish hamda litsenziyalash tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

⚖️ Shuningdek, ochiq muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan huquqiy masalalar muhokama qilinib, ularning savollariga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning
biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Adliya_xabari

❗️Fermer xo'jaliklari faoliyatini yuritishda huquqni qo'llash amaliyotidagi ayrim huquqiy muammolar o'rganildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida Farg'ona shahri va shaharga yaqin hududlarda faoliyat yuritayotgan fermerlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda fermerlarning mavjud muammolari va takliflari o'rganildi.

Fermerlar tomonidan suvdan foydalanishdagi noreal qarzdorliklar, urug'chilik xo'jaliklaridagi shaffof mexanizmning mavjud emasligi, ikkilamchi ijaraga berishda huquqiy bo'shliqlarning mavjudligi yuzasidan takliflar berildi.

Uchrashuv so'ngida mazkur yo'nalishlar bo'yicha monitoring o'tkazish belgilab olindi.
👍41🔥1