ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ Mingbuloqda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan
Mingbuloq tumanida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi hamda sayyor qabul tashkil etildi.

👥 Uchrashuvda maktab va texnikum bitiruvchilari, band bo‘lmagan yoshlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.

📚 Muloqot davomida yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

💬 Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olindi.

🪪 Tadbir davomida bir guruh yoshlarga ilk bor rasmiylashtirilgan ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.

⚖️ Ochiq muloqot sayyor qabul bilan davom ettirildi. Qabulda yoshlarning kredit olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.

📊 Kelib tushgan murojaatlarning 8 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

🏭 Shundan so‘ng viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlayotgan tadbirkor faoliyati bilan tanishdi. Muloqot davomida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda faoliyatni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishdan oldin korrupsiyaga qarshi xulosa olish tartibi tasdiqlandi

📑 Adliya vazirligi sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan xulosa olish bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3894, 2026-yil 8-iyul).

📌 Mazkur hujjat “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, ushbu Qonunda davlat organi yoki tashkilotida ishlagan xodim ishdan bo'shaganidan keyin 2 yil davomida uni o‘zi nazorat qilgan tashkilotga ishga olishdan oldin avvalgi ish joyining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan majburiy xulosa olinishi belgilangan.


📌 Bunda, nazorat ostida bo‘lgan tashkilot sobiq davlat xizmatchisini ishga qabul qilmoqchi bo‘lsa, kadrlar bo‘limi bir ish kuni ichida ichki nazorat bo‘linmasiga murojaat qiladi.

📝 Ichki nazorat bo‘linmasi uch xil xulosa beradi:

🟢 ijobiy — ishga qabul qilish mumkin;
🟡 cheklovli ijobiy — ayrim cheklovlar bilan ishga qabul qilinadi;
🔴 salbiy — ishga qabul qilish rad etiladi.

❗️ Ushbu xulosa olinmagan yoki salbiy xulosa berilgan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish taqiqlanadi.

📋 Cheklovli ijobiy xulosa berilganda, xodimga quyidagi choralar belgilanadi:

✔️ 3 oy davomida avval nazorat qilgan tashkilot bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok eta olmaydi;
✔️ manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan vazifalari qayta taqsimlanadi;
✔️ faoliyati ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan monitoring qilinadi.

Agar sobiq davlat xizmatchisi ichki nazorat bo‘linmasining xulosasidan norozi bo‘lsa, u yuqori turuvchi tashkilotga yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ega.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar
⚔️ Navoiyda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Navoiy viloyatidagi bolalar yozgi dam olish maskanlarida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🧠 Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida huquqiy viktorina o‘tkazilib, ularning huquqiy bilim va savodxonligi sinovdan o‘tkazildi. Faol ishtirokchilar hamda g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🏢 Shuningdek, Navoiy shahar Davlat xizmatlari markazida yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

💻 Tadbir davomida yigit-qizlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari, sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari hamda zamonaviy elektron xizmatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, davlat xizmatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish hamda ularning davlat organlari faoliyatiga qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ Ko‘hna Xovos tepaligida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida yoshlar uchun Ko‘hna Xovos tepaligiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida yoshlar Xovos tumanining boy tarixiy merosi, ko‘hna qadamjolari hamda Ko‘hna Xovos hududida olib borilgan ilmiy izlanishlar va arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan yaqindan tanishdilar.

🤝 Muloqot chog‘ida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yoshlar bilan suhbatlashib, tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ularning tarixini chuqur o‘rganish hamda ajdodlar merosiga hurmat ruhida kamol topishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Mazkur tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1