ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning TOP-500 talik universitetlari qatoridan joy oldi

🎓 Toshkent davlat yuridik universitetida Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “THE Sustainability Impact Ranking 2026” natijalariga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

✔️Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari Mirjalol Allakuliyev so'zga chiqib, universitetning xalqaro reytingdagi yuksak natijalari mamlakatimizda yuridik ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasi ekanini ta’kidladi.

🌍 Reyting natijalariga ko‘ra, universitet dunyoning 1 603 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 401-o‘rinni egallab, TOP-500 talik universitetlar safidan joy oldi.

📚 Shuningdek, universitet SDG 4 – Sifatli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 101–200-o‘rinni egallab, o‘tgan yilgi natijasini qariyb 200 pog‘onaga yaxshiladi hamda ushbu yo‘nalishda dunyoning eng yaxshi 200 ta oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin oldi.

📈 Bundan tashqari, SDG 5 – Gender tengligi va SDG 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish yo‘nalishlari bo‘yicha 101–200-o‘rin, SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha esa 201–300-o‘rin qayd etildi.

🤝 Tadbirda ushbu natijalar ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy natijasi ekani ta’kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥3👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 352-son qarori mazmun-mohiyati va Yagona milliy arxiv axborot tizimi to‘g‘risida BRIFING

🔵2026-yil 1-avgustdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida arxiv ishiga oid barcha hujjatlar va maʼlumotlar faqat elektron shaklda Yagona arxiv axborot tizimi orqali yuritiladi.

🔵Barcha tashkilotlar 2026-yil 1-noyabrga qadar operator bilan shartnoma tuzib, tizimga ulanishi kerak bo‘ladi.

🔵Davlat organlari va tashkilotlari mazkur axborot tizimiga ulanishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markaziga murojaat etishlari lozim.


👉Batafsil “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tgan brifingda


—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
2👍1
#Adliya_xabari

🏠 Xususiylashtirilgan uy-joylarga oid huquqni qo‘llash amaliyoti muhokama qilindi


📍Adliya vazirligi tomonidan xususiylashtirilgan uy-joylarga oid huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

🤝 Tadbirda sud, ilmiy doiralar, notariat va advokatura sohasi vakillari ishtirok etib, uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirish, jumladan meros ishlarini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish hamda boshqa notarial harakatlarni amalga oshirish amaliyotidagi huquqiy masalalar muhokama qilindi.

⚖️ Shuningdek, xususiylashtirilgan uy-joyga nisbatan huquqlarga ega bo‘lgan shaxslar vafot etgan hollarda meros ishlarini yuritish hamda qonunchilik normalarini bir xilda qo‘llash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, sohalararo hamkorlikni mustahkamlash hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍1🔥1
Brenddan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Jumladan, Adliya vazirligi tomonidan fuqaro M.Sultonovga tegishli “AMARA” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari fuqaro X.I. tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida fuqaro X.I. tomonidan “AMARA” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan fuqaro X.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1👏1