ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni damda 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan "O'zarxiv” agentligi tomonidan "Arxiv sahifalaridagi jurnalistika tarixi" mavzusida arxiv hujjatli fotoko'rgazmasi boʻlib oʻtmoqda
🙏43👍1
#Stop_korrupsiya

⚠️ Xabar ber - adolatni ta'minla!

📣Hurmatli fuqarolar, Adliya vazirligi va uning tizimidagi idoralar, jumladan:


▪️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▪️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▪️FHDY organlari;
▪️davlat xizmatlari markazlari;
▪️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▪️To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▪️Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
▪️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
▪️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▪️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▪️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▪️Intellektual mulk markazi;
▪️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▪️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▪️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlariga duch kelsangiz telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga tegishli ma'lumotlarni yuborishingiz mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54
#Adliya_xabari

📸 Jurnalistika tarixiga sayohat: arxivlarda saqlanayotgan noyob kadrlar namoyish etildi

1931-yilda radio boshlovchisining efir paytidagi surati, ilk teleko‘rsatuvlar, gazeta va jurnallar tahririyatlarining ish jarayonlari, taniqli jurnalistlar va suxandonlarning faoliyatidan hikoya qiluvchi yuzlab tarixiy fotohujjatlar bugun bir maydonda jamlandi.

📰 Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent Fotosuratlar uyida “Arxiv sahifalaridagi jurnalistika tarixi” fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.

🔍Ko‘rgazmada O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1930–2025-yillarga oid 100 dan ortiq noyob fotohujjatlar namoyish qilinmoqda. Ushbu suratlar orqali mamlakatimiz jurnalistikasi bosib o‘tgan yo‘l, ommaviy axborot vositalarining rivojlanish tarixi hamda soha fidoyilarining mehnati aks etgan.

🤝Tadbirda Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi, O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari va xodimlari, vazirliklar va idoralar matbuot kotiblari, jurnalistlar, OAV vakillari hamda faxriylari ishtirok etdi.

🎖 Shuningdek, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh jurnalistlar “O‘zarxiv” agentligining “Soha iftixori” ko‘krak nishoni, Fahriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tarixni o‘qish mumkin. Uni tinglash mumkin. Bugun esa uni suratlar orqali ko‘rish mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥53
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

🔹 Adliya organlari va muassasalariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz? Ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?

🔹“Mazkur savollarga o'zbek an'anaviy kashtachiligi va milliy liboslar dizaynini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shayotgan, xalqaro miqyosda tan olingan taniqli hunarmand va dizayner, “Suzani by Kasimbaeva” brendi asoschisi , Do‘stlik” ordeni, “Shuhrat” medali sohibasi Madina Qosimbayeva javob berdi.

🔹 Batafsil 👉 videoda

"Qaroqchi" loyihasining navbatdagi mehmoni Madina Qosimbayeva bilan to‘liq suhbatni tez orada tomosha qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥1👏1🎉1🙏1
#Adliya_xabari

📣 Toshkent shahrida Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumi bo'lib o'tmoqda

Bugun, forumning birinchi kunida "Markaziy Osiyo mamlakatlari farovonligiga fuqarolik jamiyatining hissasi: dalillar, prognozlar va qo'shma tashabbuslar" mavzusida tadbir o'tkazildi.

Adliya vaziri o'rinbosari N.Muxammadiyev tadbirda ishtirok etib, sohada amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida ishtirokchilarga batafsil ma'lumot berdi.

Forum 25-26-iyun kunlari fuqarolik jamiyati institutlari, хаlqаrо tashkilotlar, OAV vakillari va еksрегtlаr ishtirokida o'tkaziladi.

Mazkur tadbirlar doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo'shayotgan hissasiga bag'ishlangan tadqiqot natijalari ko'rib chiqilmoqda.

Forum doirasida:
🔹 NNTlarning mamlakat rivojiga qo'shayotgan hissasi;
🔹 NNT vakillarining salohiyatini mustahkamlash;
🔹 Davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligi;
🔹 Xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalari muhokama qilinmoqda.
👍53🔥1
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

⚡️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari S.Asanov rahbarligida Chimboy tumani Yoshlar bo‘limida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda o‘quvchi-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.

Uchrashuvda vazir o‘rinbosari yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U talabalarning ta’lim jarayoni, sog'lom turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlar va kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Ularning muammolariga yechim topish, takliflarini amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5