ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish endi yanada oson bo‘ladi!
 
Yangi Qonun bo‘yicha muhim yangiliklardan ushbu videorolik orqali bilib oling!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📑 Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (19-sonli BHS) “Daromad” (ro‘yxat raqami 3857, 2026-yil 18-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📌 Ushbu hujjat budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarda daromadlarni tan olish, baholash va moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini belgilaydi.

🔹 Unga ko‘ra, daromadlar ikki turga ajratiladi:
1) Majburiy kelishuvsiz operatsiyalar:
▫️ soliqlar;
▫️ yig‘imlar;
▫️ grantlar;
▫️ xayriyalar;
▫️ beg‘araz o‘tkazmalar.

2) Majburiy kelishuv asosidagi operatsiyalar:
▫️ davlat buyurtmalari;
▫️ xizmat ko‘rsatish shartnomalari;
▫️ grant yoki mablag‘ evaziga aniq natija bajarilishi nazarda tutilgan kelishuvlar.

📌 Daromad quyidagi hollarda tan olinadi:
1) Majburiy kelishuvsiz operatsiyalarda:
🔸 resurs (pul, mol-mulk va boshqalar) olinganda yoki unga huquq paydo bo‘lganda;
🔸 mablag‘ bilan bog‘liq majburiyat mavjud bo‘lsa, daromad majburiyat bajarilib borishi bilan.

2) Majburiy kelishuv asosidagi operatsiyalarda:
🔸 daromad mablag‘ kelib tushgan paytda emas, balki shartnoma bo‘yicha majburiyat bajarilganda yoki bajarilish jarayonida;
🔸 soliqlarni hisobga olishda;
🔸 soliq daromadi soliqqa tortiladigan hodisa sodir bo‘lganda.

📌 Mazkur hujjat daromadlarni to‘g‘ri tasniflash, o‘z vaqtida tan olish, haqqoniy baholash hamda xalqaro buxgalteriya standartlariga mos ravishda aks ettirishni ta’minlaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
Forwarded from ANDIJON VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI (Farohiddin Mamajonov)
#Yoshlar_kuni

❗️"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Har payshanba o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Paxtaobod tumani Navro‘z MFYda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O.Bozarov tomonidan hududda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolari, kelgusidagi faoliyatlari yuzasidan savollariga atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, turli yo‘nalishlardagi volontyorlik dasturlari, xalqaro volontyorlik loyihalari hamda volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi markazlarni tashkil etish masalalari yuzasidan yoshlarning savollariga javob berildi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning kelgusidagi faoliyati, qiziqishlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Telegram|Youtube|Instagram|Facebook
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uyingiz renovatsiyaga tushsa, nima bo‘ladi?

O‘zbekistonda renovatsiya bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi. Endi eski uylarni yangilash va yangi uy-joy massivlarini qurish aniq tartib asosida amalga oshiriladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1🔥1
Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yashnobod tumanida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

🔹Adliya vazirligi tashabbusi bilan aholining bandligini ta’minlash va ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish maqsadida Yashnobod tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

🔹Tadbir Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida o‘tkazilib, unda 21 ta yirik korxona va tashkilotlar 850 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, 6 ta tijorat banklari hamda 2 ta kasb-hunar o‘quv markazi ham jalb qilindi.

Yarmarkada 170 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, natijada:
• 7 nafar fuqaro ishga joylashtirildi
• 21 nafari korxonalarga suxbatga yo‘naltirildi
• 11 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi
• 27 nafari ishga kirish uchun anketa to‘ldirdi
• 9 nafar kasb-xunar o'qishga vauncher berildi
• 5 nafar kredit olish uchun tavsiya berildi


🔹Bundan tashqari, 15 nafar fuqaro kasb-hunar o‘rganish uchun o‘quv markazlariga yo‘naltirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1