ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

💡 Patent vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov boshchiligida vazirlik mas’ul xodimlari hamda Patent vakillari assotsiatsiyasi a’zolari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Muloqot davomida patent vakillarining intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va himoya etishdagi o‘rni, sohada uchrayotgan dolzarb masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

⚖️ Ta’kidlanganidek, patent vakilligi instituti intellektual mulk tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Shu bois patent vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning sonini oshirish hamda intellektual mulkka oid nizolarni sudgacha hal etish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

📈 Shuningdek, uchrashuvda “Intellektual mulk muhofazasi” portalini yanada takomillashtirish, patent vakillarining kasbiy bilim va malakasini oshirish masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.

Yakunda intellektual mulk sohasidagi mavjud muammolarni hal etish, hamkorlikni mustahkamlash hamda qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🤝 Yoshlar kuni doirasida ko‘ngillilik faoliyati targ‘ib qilinmoqda

📍Iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida “O‘zarxiv” agentligi tizimida “Mening ko‘ngillilik hikoyam” mavzusida tanlov tashkil etildi.

🎥 Tanlovda yoshlar o‘zlarining ko‘ngillilik faoliyati, jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki hamda orttirgan tajribalari haqida videohikoyalar orqali so‘zlab berdi.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi, volontyor Bobur Karimov g‘olib deb topildi. Uning faol fuqarolik pozitsiyasi, tashabbuskorligi va ko‘ngillilik faoliyatidagi tajribasi hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.

Ta’kidlanganidek, bunday tanlovlar yoshlar o‘rtasida ko‘ngillilik harakatini rivojlantirish, ijtimoiy faollikni oshirish hamda fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/180539

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2
#Rahbar_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚡️ Qoraqalpog‘istonda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🤝 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E. Tursunov rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda Vazirlar Kengashi, Musulmonlar qoziyoti, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

🎓 Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, mutasaddilardan batafsil javoblar oldi.

📌 Ta’kidlanganidek, yoshlarning muammo va takliflarini bevosita tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlash Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Yakunda bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etish hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏32🔥1