Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faxr
🇺🇿 Bu shunchaki futbol tomoshasi emas edi
Bu — bir jamoa bo‘lib quvonish, bir maqsad atrofida yanada jipslashish lahzalari edi.
Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinini birgalikda tomosha qilar ekan, Jahon chempionati muhitini, millionlar kutgan orzuning nafasini his qildi.
34 yil kutilgan tarixiy natija har birimizning qalbimizda alohida faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi. Bu lahzalar futbolning insonlarni birlashtiradigan, jamoani yanada kuchli qiladigan buyuk qudratini yana bir bor namoyon etdi.
Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🔥11❤6🎉3👍2
#Adliya_xabari
💡 Patent vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov boshchiligida vazirlik mas’ul xodimlari hamda Patent vakillari assotsiatsiyasi a’zolari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Muloqot davomida patent vakillarining intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va himoya etishdagi o‘rni, sohada uchrayotgan dolzarb masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
⚖️ Ta’kidlanganidek, patent vakilligi instituti intellektual mulk tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Shu bois patent vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning sonini oshirish hamda intellektual mulkka oid nizolarni sudgacha hal etish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
📈 Shuningdek, uchrashuvda “Intellektual mulk muhofazasi” portalini yanada takomillashtirish, patent vakillarining kasbiy bilim va malakasini oshirish masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.
✅ Yakunda intellektual mulk sohasidagi mavjud muammolarni hal etish, hamkorlikni mustahkamlash hamda qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

❤3
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
🤝 Yoshlar kuni doirasida ko‘ngillilik faoliyati targ‘ib qilinmoqda
📍Iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida “O‘zarxiv” agentligi tizimida “Mening ko‘ngillilik hikoyam” mavzusida tanlov tashkil etildi.
🎥 Tanlovda yoshlar o‘zlarining ko‘ngillilik faoliyati, jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki hamda orttirgan tajribalari haqida videohikoyalar orqali so‘zlab berdi.
🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi, volontyor Bobur Karimov g‘olib deb topildi. Uning faol fuqarolik pozitsiyasi, tashabbuskorligi va ko‘ngillilik faoliyatidagi tajribasi hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
✨ Ta’kidlanganidek, bunday tanlovlar yoshlar o‘rtasida ko‘ngillilik harakatini rivojlantirish, ijtimoiy faollikni oshirish hamda fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/180539

❤2