ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“E’tiborli tomoni, barcha a’zolarimizning kengashdagi faolligi tobora oshmoqda. Bu mazkur investitsiya platformasiga bo‘lgan yuksak ishonchning yaqqol dalilidir.

Sizlar bilan o‘tgan yili ham uchrashib, ko‘p masalalarni muhokama qilgan edik. Avvalgi majlisda ilgari surilgan 21 ta tashabbus bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilindi.

Shuni alohida ta’kidlamoqchiman: investorlarning tashabbuslari davlat siyosatida o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Takliflarning salmoqli qismi asosida normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi”,

– dedi Prezidentimiz.

Jumladan, Soliq kodeksiga investorlar uchun qulay o‘zgartirishlar kiritildi, kompaniyalar o‘rtasidagi ichki qarz bitimlari moliya nazoratidan chiqarildi, asosiy vositalarni tezlashtirilgan tartibda amortizatsiya qilish huquqi berildi, xalqaro standartlar asosida hisobot yurituvchi xorijiy shirkatlar uchun ko‘plab majburiy talablar bekor qilindi.

Bundan tashqari, “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mas’uliyatli biznes yuritish standartlarini joriy etish hamda 16 ta texnik reglamentni xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirish dasturi tayyorlandi.

Shu bilan birga, xorijiy investorlarga teng va adolatli sharoit yaratish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni zimmaga olishda yangi qadamlar tashlandi.

Facebook|Instagram|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥64
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_eksperiment

❗️Mashina yutdingiz!” desa ishonasizmi?

Qarshi shahridagi "Orzu dehqon bozori"da “Huquqiy eksperiment” tashkil etildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan adliya boshqarmasi tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va aholining huquqiy hushyorligini tekshirish maqsadida qiziqarli "Huquqiy eksperiment" o‘tkazildi.

Eksperimentda 50 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi va natijalar barchamizni hushyor torttirishi kerak!

ADLIYA OGOHLANTIRADi!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️
🌐 facebook |️️️• youtube |🌐 rasmiy sayt |🌐 telegram |🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Poytaxt_adliya
#Adliya_xabari
#Chilonzor_tumani

❗️ Hududiy adliya boshqarmalari boshliq o‘rinbosarlari tajriba almashish maqsadida Chilonzor tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ish jarayonlarini tashkil etish va raqamlashtirish yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar.

Shuningdek, xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar uchun qulayliklar yaratish hamda tizim faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz 👇
Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍2🔥1
Forwarded from Huquqiy axborot
#АдлияТВ #ЖонлиЭфир

❗️ Ортиқча эгалланган ер участкалари ва уй-жойларга ҳуқуқларни эътироф этиш тартибида қандай ўзгаришлар бўлди?


📌 Солиқ қарздорлиги бўлса ҳуқуқ эътироф этиладими?
📌 Бир марталик тўловларга қандай чегирмалар берилмоқда?
📌 Ер участкаларига ижара ҳуқуқини расмийлаштириш тартиби қандай?
📌 Янги қонун фуқаролар учун қандай енгилликлар яратмоқда?
Шу ва бошқа муҳим саволларга “Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ–1153-сон) юзасидан бўлиб ўтадиган жонли эфирда жавоб оласиз.

📅 Сана: 18 июнь
Вақт: 15-00

📩 Саволларингизни @mehnatpodkast_bot орқали юборинг. Шунингдек, эфир давомида ҳам ўзингизни қизиқтирган саволларни йўллашингиз мумкин.

Жонли эфирни ўтказиб юборманг!


Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faxr

🇺🇿 Bu shunchaki futbol tomoshasi emas edi

Bu — bir jamoa bo‘lib quvonish, bir maqsad atrofida yanada jipslashish lahzalari edi.

Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinini birgalikda tomosha qilar ekan, Jahon chempionati muhitini, millionlar kutgan orzuning nafasini his qildi.

34 yil kutilgan tarixiy natija har birimizning qalbimizda alohida faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi. Bu lahzalar futbolning insonlarni birlashtiradigan, jamoani yanada kuchli qiladigan buyuk qudratini yana bir bor namoyon etdi.

Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥116🎉3👍2
#Adliya_xabari

💡 Patent vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov boshchiligida vazirlik mas’ul xodimlari hamda Patent vakillari assotsiatsiyasi a’zolari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Muloqot davomida patent vakillarining intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va himoya etishdagi o‘rni, sohada uchrayotgan dolzarb masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

⚖️ Ta’kidlanganidek, patent vakilligi instituti intellektual mulk tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Shu bois patent vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning sonini oshirish hamda intellektual mulkka oid nizolarni sudgacha hal etish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

📈 Shuningdek, uchrashuvda “Intellektual mulk muhofazasi” portalini yanada takomillashtirish, patent vakillarining kasbiy bilim va malakasini oshirish masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.

Yakunda intellektual mulk sohasidagi mavjud muammolarni hal etish, hamkorlikni mustahkamlash hamda qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3