ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

📣 Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublikа mаhаllаlаridа xаvfsiz muhitni yarаtish yo‘nаlishidа yaxlit mаnzilli ishlаsh tizimini joriy etishgа qаrаtilgаn qo‘shimchа chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan Urganch shahridagi “Yuqoribog‘” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i, “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔰 Qabul davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, huquqbuzarliklarni oldini olish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.


🔹Sayyor qabul davomida, 10 ta murojaat joyida hal etildi, 12 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha 8 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Ⓜ️ 2 nafar fuqaroning bolani bog'chaga joylashtirish hamda yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni eʼtirof etish yuzasidan xatlov masalasi shu joyni o'zida hal etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍2
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va uy-joylarga oid huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha vazifalar belgilandi

⚖️ Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1153-son, 2026-yil 15-iyun) bilan amaliyotga joriy etilayotgan yangiliklar hamda ularni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

🏠 Ta’kidlanganidek, mazkur qonun o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini jadallashtirish, fuqarolarning mulkiy huquqlarini ta’minlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini tezlashtirishga xizmat qiladi.

📋 Yig‘ilishda qonun ijrosini sifatli va qisqa muddatlarda ta’minlash, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🤝 Tadbirda Prezident Administratsiyasi, Kadastr agentligi, “O‘zbekkosmos” agentligi, Soliq qo‘mitasi hamda Adliya vazirligi rahbar o'rinbosarlari va mas’ullari ishtirok etib, qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Yakunda qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6👍2
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлиятв #Эслатма

❗️ Реновация бўйича янги қонун: фуқаролар нималарни билиши керак?


🔴 Жонли эфирни ушбу ҳавола орқали кузатиш мумкин: https://www.youtube.com/live/SSpeipklsL8?si=kFmIRS5hqpVCP3bj

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#Adliya_xabari
#PQ_1

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatidagi xizmat safari davomida Jomboy tumani “Axmadjon Qurbonov” MFYda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti tinglandi. Unda nizoli oilalar bilan ishlash, shuningdek, firibgarlik va kiberjinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar raqamlar kesimida tahlil qilindi.

Shuningdek, yosh oilalar o'rtasida ajrimlar sonini kamaytirish maqsadida e-nikoh elektron tizimini joriy etish bo‘yicha eksperiment tartibida olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍1