#Tayinlov
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga direktor tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Maxkamov Murodjon Zaxidovich Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Murodjon Maxkamov 1980-yilda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2004-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – texnologik mashina va jihozlar, sud-avtotexnika va sud avtomobil yo‘llari eksperti. 3-darajali adliya maslahatchisi. Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markazida boshlagan.
➖ 2001–2022-yillarda Respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markazida laboratoriya laboranti, kichik ilmiy xodim vazifasini vaqtincha bajaruvchi, ilmiy xodim, yetakchi ekspert va bosh ekspert;
➖ 2022–2024-yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud iqtisodiy, tovarshunoslik, baholash va muhandislik-texnik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i;
➖ 2024–2025-yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar (2025-yildan) Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Sud-ekspertlik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya vazirligi jamoasi Murodjon Maxkamovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

👍24👏3🔥2❤1
#yoshlar_kuni
“Har payshanba – Yoshlar kuni”: Chiroqchida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
⭐️ Chiroqchi tumani hokimligi majlislar zalida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘rganish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
🔂 Tadbirda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda Chiroqchi tumani hokimi ishtirok etib, yoshlar bilan bevosita suhbatlashdilar.
🔂 Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, takliflari va kelgusidagi rejalari tinglandi. Shuningdek, ularga adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda sohadagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔂 Yigit-qizlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar qaytarilib, ularning murojaat va tashabbuslari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔂 Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
“Har payshanba – Yoshlar kuni”: Chiroqchida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4
#Rahbar_va_yoshlar
#Huquqiy_aksiya
⚖️ Surxondaryoda yoshlar bilan ochiq muloqotlar va bepul yuridik yordam tadbirlari o‘tkazildi
📍Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari, Yuridik texnikum o‘quvchilari hamda Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
💬 Ochiq muloqotlar davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan huquqiy masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi. Zarur hollarda huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.
🤝 Tadbirlarda advokatlar, notariuslar va tegishli tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, yoshlarning savollariga batafsil javob qaytardi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
📚 Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazilgan uchrashuvda bolalar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

❤4👍2