ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#PQ_1

❗️ Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax voliyatidagi xizmat safari davomida adliya boshqarmasida bo'lib, O'zbekiston Respubliksi Prezidentining "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti tinglandi. Unda nizoli oilalar bilan ishlash, notinch oilalarning muammolarini o'rganish, asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish, oilaviy nizolarni yuzaga keltiruvchi omillarga qarshi kurashish va shu bilan birga, firibgarlik, kiberjinoyatlarning olidini olish borasidagi amaliy ishlar raqamlar kesimida tahlil qilindi.

Taqdimot davomida, amaliy chora-tadbirlarning sifati va samarasini yanada oshirish, muammolarning oqibatlari bilan emas, ularning sabablari bilan ishlash eng to'g'ri yo'l ekanligi borasida fikr-mulohazalar almashildi. Kerakli tavsiyalar berilib, kelgusi rejalar belgilab olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥74👏2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

❗️"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Andijon shaharda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda har haftaning payshanba kunini vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni o'tkazish va yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mehanizmlari sifatida o'tkazilishi belgilab berildi. Shu munosabat bilan Andijon shahar Maydonbozor MFYda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov tomonidan hududda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida, dastlab mahalla yettiligi bilan profilaktik suhbat o'tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. So'ng yoshlarni qiyanb kelayotgan muammolari, kelgusi faoliyatlari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Bunda jami 13 nafar yoshlarning turli yo'nalishdagi murojaat va takliflari tinglanib, 9 tasi bo'yicha tegishli ish yurituvga olinishi ta'minlandi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍1👏1
#yoshlar_kuni
#adliya_yoshlar

📣 “Yoshlar kuni” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Shayxontohur tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazida "Bepul yuridik yordam kuni" mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🔰 Muloqot davomida, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlar va imtyozlar, shuningdek, adliya organlarining vazifa va funksiyalari hamda adliya organlarida faoliyatni boshlash va ishga kirish uchun qonunchilikda belgilangan talablar haqida ma’lumotlar berildi.
 
Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 312-son qarori hamda boshqa qonunlarda belgilangan imtiyozlar boʻyicha batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
 
Ⓜ️ Ishtirokchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

📄 Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan muammo va takliflar nazoratga olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
9🔥3👏3
#Adliya_xabari

❗️Marg'ilon shahridagi "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da yosh tadbirkorlarning tovar belgilari o'rganildi

Xususan, Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan  tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning tovar belgilari  bo'yicha qiynayotgan muammolar o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida ushbu sanoat zonasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi va ularga o‘z brendiga ega bo‘lish hamda uning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi. Natijada 5 ta tadbirkorlik subyekti o‘zining tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish istagini bildirdi hamda ularga amaliy yordamlar berildi.

Shuningdek, 2025-yilning 8-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ–1080-son Qonuni bilan intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini, jumladan tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy taʼminot, sanoat namunasi va boshqa obyektlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarliklar belgilanligi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir davomida sanoat zonasidagi tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥3👏1