ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

💼 Adliya aralashuvi bilan fuqaroning ishdan bo‘shatish nafaqasi va kompensatsiyasi undirib berildi

⚖️ Namangan tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.A.ning ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmaganligi yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

🔍 Murojaatni o‘rganish davomida fuqaroning mehnat huquqlari buzilgani hamda qonunchilikda nazarda tutilgan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani aniqlandi.

📝 Holat yuzasidan adliya organlari tomonidan tegishli huquqiy choralar ko‘rilib, fuqaroning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Natijada fuqaroning ishdan bo‘shatish nafaqasi hamda to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblangan kompensatsiya mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

📌 Adliya organlari fuqarolarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Batafsil👈

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍1
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

💡 Yoshlar va tadbirkorlar uchrashuvi: yangi g‘oyalar sari muhim qadam

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari hamda Yuridik texnikum o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🚀 Uchrashuvda tajribali tadbirkorlar ishtirok etib, biznes-g‘oyalarni shakllantirish, startap loyihalarni yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

📈 Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda biznesni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishning muhim jihatlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

💬 Ochiq muloqot davomida talabalar va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, amaliy tavsiyalar hamda foydali maslahatlar oldi.

Tadbir yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni innovatsion fikrlash va yangi tashabbuslarni amalga oshirishga rag‘batlantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6👍2🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

🎓 Buxoroda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


📍G‘ijduvon tuman 2-son texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.

💡 Uchrashuv davomida yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda kasb-hunar va zamonaviy ko‘nikmalarni egallash uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📚 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kirishda mavjud imtiyozlar, ta’lim grantlari, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga jalb etish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga qaratilgan davlat dasturlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

⚖️ Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, erta nikohning salbiy oqibatlari, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va mas’uliyat, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan qonunchilik normalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

💬 Ochiq muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#PQ_1

❗️ Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax voliyatidagi xizmat safari davomida adliya boshqarmasida bo'lib, O'zbekiston Respubliksi Prezidentining "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti tinglandi. Unda nizoli oilalar bilan ishlash, notinch oilalarning muammolarini o'rganish, asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish, oilaviy nizolarni yuzaga keltiruvchi omillarga qarshi kurashish va shu bilan birga, firibgarlik, kiberjinoyatlarning olidini olish borasidagi amaliy ishlar raqamlar kesimida tahlil qilindi.

Taqdimot davomida, amaliy chora-tadbirlarning sifati va samarasini yanada oshirish, muammolarning oqibatlari bilan emas, ularning sabablari bilan ishlash eng to'g'ri yo'l ekanligi borasida fikr-mulohazalar almashildi. Kerakli tavsiyalar berilib, kelgusi rejalar belgilab olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥74👏2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

❗️"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Andijon shaharda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda har haftaning payshanba kunini vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni o'tkazish va yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mehanizmlari sifatida o'tkazilishi belgilab berildi. Shu munosabat bilan Andijon shahar Maydonbozor MFYda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov tomonidan hududda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida, dastlab mahalla yettiligi bilan profilaktik suhbat o'tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. So'ng yoshlarni qiyanb kelayotgan muammolari, kelgusi faoliyatlari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Bunda jami 13 nafar yoshlarning turli yo'nalishdagi murojaat va takliflari tinglanib, 9 tasi bo'yicha tegishli ish yurituvga olinishi ta'minlandi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍1👏1