ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan 12 nafar xodimning 120 million so‘mlik ish haqi undirib beriladigan bo'ldi.


Pop tumanida adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish borasida navbatdagi ijobiy natijaga erishildi.

Jumladan, Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida faoliyat yurituvchi bir guruh xodimlar oylik ish haqlari bir necha oy davomida to‘lanmayotganligi yuzasidan murojaat bilan chiqishgan.

Mazkur murojaat Pop tuman adliya bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganilib, xodimlarning mehnat huquqlari buzilganligi aniqlandi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan xodimlar manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.


Sud tomonidan ish materiallari ko‘rib chiqilib, da’vo talablari qanoatlantirilib, 12 nafar xodimlarning bir necha oydan buyon to‘lanmay kelayotgan jami 120 million so‘mlik ish haqi undirilishi belgilandi.

Mazkur holat adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini tiklash hamda ijtimoiy adolatni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Buyuk ayollarning buyuk ishlari” 2-qism

Bugungi sonimiz qahramoni — 2020-yilda dunyodagi eng nufuzli “Top 2% olimlar” ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbek olimasi, professor Dilfuza Egamberdiyeva.

U mikrobiologiya sohasida yuksak natijalarga erishgan, o‘z ilmiy izlanishlari orqali nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda tan olingan yetuk olimadir. Professor Dilfuza Egamberdiyeva ilm-fanga bo‘lgan sadoqati, fidoyiligi va yangilikka intilishi bilan ko‘plab yosh tadqiqotchilarga ilhom manbai bo‘lib kelmoqda.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan xodimning buzilgan huquqi tiklandi - fuqaro foydasiga jami 126 256 017 so‘m miqdoridagi ta’til pullari undirildi.

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasining sobiq xodimi A.X tomonidan foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya pullari to‘lanmagani yuzasidan viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilindi.


Murojaat adliya organlari tomonidan o‘rganilib, fuqaroga ayrim yillar uchun ta’til pullari to‘langan bo‘lsa-da,..

➡️ Batafsil 👉https://telegra.ph/Adliya-aralashgach-06-09

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3🔥2
#Adliya_xabari

🎥 Media-treningning amaliy mashg‘ulotlari Davlat xizmatlari markazida davom etdi

📍Urganch shahrida jurnalist va blogerlar uchun o‘tkazilayotgan “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi o‘quv treningi doirasida navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

🔹Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar Urganch shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini bevosita kuzatdi.

🔹Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ommaviy axborot vositalari vakillariga Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, raqamli xizmatlar hamda tizimning bugungi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.


📸 Amaliy mashg‘ulot jarayonida jurnalist va blogerlar davlat xizmatlarini ko‘rsatishning turli bosqichlarini o‘rganib, fuqarolar bilan ishlash amaliyoti, elektron tizimlar imkoniyatlari hamda xizmatlarning ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilishi yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

📌 Mazkur amaliy mashg‘ulot trening ishtirokchilarining davlat xizmatlari tizimi faoliyatini chuqurroq anglashiga hamda ushbu yo‘nalishdagi media materiallarni sifatli va tushunarli tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍32
“Uddaburon” tadbirkor maqsadi amalga oshmay qoldi.

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Shunday tadbirkorlardan biri “Y.W.” MChJ, tezda boyib ketish va katta foyda olish maqsadida “SAMSUNG ELECTRONICS CO. LTD” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “SAMSUNG” tovar belgisiga iste’molchini adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan “samsyng” belgili elektronika mahsulotlarini respublikamiz hududiga olib kirishga uringan.

Holat yuzasidan “SAMSUNG ELECTRONICS CO. LTD” kompaniyasi sudga murojaat qildi va sudning 04.06.2026-yildagi qarori bilan “Y.W.” MChJning xatti-harakatlari intellektual mulk huquqlarining buzilishi deb topildi va “Y.W.” MChJ tomonidan xorijiy davlatdan import qilingan “samsyng” belgili elektronika mahsulotlariga nisbatan taqiq qo‘yildi hamda javobgardan sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Yangi yil bahonasi: Adliya rad javobiga nuqta qo‘ydi


Hozirgi kunda ishlovchi ayollarimiz o‘rtasida homiladorlik va tug‘ruq pullarini olish bilan bog‘liq savollar ko‘payib qoldi. Ba’zi tashkilotlar yangi qonunlarni ro‘kach qilib, dekret pullarining yangi yilga o‘tgan qismini to‘lashdan qochayotgan holatlar ham uchrayapti.

Konimexlik Gulhayo Kadirova mazkur masalada adliya bo’limiga murojaat qildi. U tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlab, 2025-yilning sentyabr oyida homiladorlik va tug’ruq ta’tiliga chiqqan edi. Biroz murakkab kechgan tug’ruq jarayoni kesarcha kesish (kesarevo) orqali amalga oshirilgan. Qonun bo‘yicha bunday vaziyatda ayolga yana qo‘shimcha 14 kunlik ta’til puli to‘lanishi kerak. Ammo u ishlaydigan bog‘cha ma’muriyati "yangi tartib chiqdi" deb, bu pulni berishni rad etgan.
 
“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi (O‘RQ–1101-sonli) Qonun hamda Hukumatning 796-sonli qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-janvardan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqalari mutlaqo yangi tizim — Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Davlat ijtimoiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan to‘lanishi rasman tartibga solindi. Ya'ni, endi ish beruvchi emas, balki ushbu maxsus Jamg‘arma pul to‘laydi. Ammo bu qoida faqat 2026-yil 1-janvardan keyin dekretga chiqqan ayollarimizga tatbiq etiladi.

2025-yilda homiladorlik va tug’ruq ta’tiliga chiqib, ta’til davrining bir qismi yangi yilga o’tgan bo’lsa ham bunday ayollarning pullari avvalgi tartibga, hukumatning 314-son qaroriga asosan, ish beruvchi tomonidan to’lab berilishi shart.

Bugun Navoiy viloyatida Gulhayo singari fuqarolarning mazkur yo’nalishdagi masalasi Adliya aralashuvi bilan ijobiy hal etib berilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning pensiyasi qayta hisoblandi


Xovos tumani “Karvonsaroy” mahallasida yashovchi R.Payvandiyev 41 yildan ortiq ish stajiga ega. Biroq pensiya tayinlash jarayonida mehnat faoliyatining faqat 19 yili hisobga olingan. Fuqaroning pensiyasini qayta hisoblash va miqdorini oshirishda amaliy yordam so‘rab Xovos tuman adliya bo‘limiga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqib, fuqaroning taqdim etgan qo‘shimcha hujjatlari va mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlari tahlil qilindi hamda uning pensiya ishini qayta ko‘rib chiqish va hisobga olinmagan ish stajlarini qo‘shish yuzasidan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Xovos tumani bo‘limiga taqdimnoma kiritildi.


Adliya aralashuvi bilan fuqaroning pensiya ishi qayta hisoblandi. Natijada uning umumiy mehnat staji 41 yil 7 oy etib belgilandi va pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilinib, fuqaro R.Payvandiyevga 4 012 920 so‘m miqdorida pensiya tayinlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videoreportaj

Davlat fuqarolik xizmatchilarining bir kuni


Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash institutining faoliyati bo'yicha videoreportaj tayyorlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👏63🔥3
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning 7 yillik muammosi hal etildi


To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro A.A. o‘zining buzilgan mehnat huquqlarini tiklash bo‘yicha yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
#Adliya_aralashgach

❗️Qo'qon shahrida mahalla raisiga 46 mln so‘m - to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblangan kompensatsiya puli undirib berildi

Mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida mahalla raisi lavozimida faoliyat yuritgan fuqaro I.K. mehnat huquqlari buzilganligi, xususan, foydalanilmay qolgan mehnat ta’tili pullari va ushbu to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblanadigan kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berilmaganligi yuzasidan Qo‘qon shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Masala adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilib, fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan uning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur da’vo arizasi sud tomonidan to‘liq qanoatlantirilib, javobgardan fuqaro I.K. foydasiga 9 mln 640 ming so‘m foydalanilmay qolgan mehnat ta’tili puli, 46 mln 426 ming so‘m to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblangan kompensatsiya puli, jami 56 mln 67 ming so‘m mablag‘ to'lab berilishi belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👏1
🎓 Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning bilimlari tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi

📌 Adliya vazirligida Pedagogika sohasidagi talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan o‘tkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (ro‘yxat raqami 3853, 2026-yil 9-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📚 Unga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash sifatini baholash maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi.

📝 Tashqi diagnostika har o‘quv yilida bir marta pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari o‘rtasida test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

⏱️ Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, ularni bajarish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi va maksimal natija 100 ballni tashkil etadi.

👥 Tashqi diagnostikadan o‘tkazish uchun har o‘quv yilining sentabr oyida maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i bilan kamida 5 nafar malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuziladi.

📊 Tashqi diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘rtacha 56 ball va undan yuqori natija qayd etgan ta’lim yo‘nalishlari “talablarga javob beradigan”, 56 balldan past natija ko‘rsatgan yo‘nalishlar esa “talablarga javob bermaydigan” deb baholanadi.

🔎 Mazkur diagnostika natijalari talabalarning joriy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va reyting ballariga ta’sir qilmaydi hamda pedagog kadrlar tayyorlash sifati holatini tahlil qilishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4
Hamma huquqini bilsa, zo‘ravonlik kam bo‘ladi

Bugun odamlar o‘z huquqlarini qay darajada bilishadi, huquqiy savodxonlik nima uchun muhim, qonunlarni tushunish uchun qanday yangiliklar bo‘lmoqda? “Sayilgoh”ning navbatdagi sonida ushbu savollarga javob olasiz!

https://youtu.be/LXXoU0YnNR8
🔥6
#Qabul_2026

🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq 9-sinf bitiruvchilarini TDYU huzuridagi akademik litseylarga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartibda kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

🔹Abituriyentlarni akademik litseylarga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta'lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

👉Kirish test sinovlari har yili iyul oyida quyidagi shakllarda oʻtkaziladi:
I boʻlim
a) “Huquq” – umumta’lim maktablarining 8 va 9-sinflarida o‘qitiladigan Davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha 20 ta test (3.1 balldan);
b) “Chet tili” – umumta’lim maktablarining 9-sinfgacha o‘qitiladigan chet tili fanlari (ingliz, nemis va fransuz tillari) bo‘yicha 20 ta test (3.1 balldan) saralash imtihonlari o‘tkaziladi.
II boʻlim
IQ yoki intellekt koeffitsientini aniqlash bo‘yicha 20 ta test (1.1 balldan) saralash imtihonlari o‘tkaziladi.

🔹Ayni paytda abituriyentlar va ularning ota-onalariga yanada qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

☎️ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyi
+99855 515-01-77

☎️ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi
+99869 233-07-20
+99869 255-05-53
+99891 184-22-90
+99894 040-63-62

☎️ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi
+99866 240-94-15
+99899 025-47-11
+99890 212-70-45

☎️ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyi
+99890 617-66-55
+99899 379-19-22
+99890 720-45-65
+99891 453-48-76

Kanalga ulaning 👉 @TDYU_yuridik_litseylar
👍5🔥2🎉2
#Adliya_aralashgach
#Bir_murojaat_izidan

⚖️ Adliya aralashuvi bilan o‘qituvchiga 9,6 million so‘mdan ortiq kompensatsiya undirib berildi

🔹Oltinko‘l tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida faoliyat yurituvchi fuqaro B.I. o‘ziga belgilangan moddiy yordam mablag‘lari uzoq vaqt davomida to‘lanmayotgani yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.

🔹Murojaatni o‘rganish davomida fuqaroning turmush o‘rtog‘i vafoti munosabati bilan unga moddiy yordam berish haqida tegishli buyruq rasmiylashtirilganiga qaramay, to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan da’vo to‘liq qanoatlantirilib, xodim foydasiga to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblangan 9 million 666 ming so‘m miqdoridagi kompensatsiya pulini undirish belgilandi.

📌 Adliya organlari fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlarni izchil davom ettirmoqda.
🔥41
#Sayyor_qabul

❗️Buvayda tumanida tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi

Farg'ona viloyat aliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o‘rinbosari tomonidan  tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning tovar belgilari  bo'yicha qiynayotgan muammolari yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida tadbirkorlarning o‘z brendiga ega bo‘lish hamda uning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.  Natijada 4 ta tadbirkorlik subyektining murojaatlari o'rganilib,  amaliy yordam berish choralari ko'rildi.

Shuningdek, 2025-yilning 8-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ–1080-son Qonuni bilan intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini, jumladan tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy taʼminot, sanoat namunasi va boshqa obyektlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarliklar belgilanligi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir davomida tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1