ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📣 Markaziy apparat boshqarma boshliqlari, hududiy adliya organlari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi

➡️ Adliya vazirligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, hududiy adliya organlari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun “Kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish” o‘quv kursi boshlandi.

⚡️ Mazkur kurs rahbar kadrlarning zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, strategik fikrlash, jamoani samarali boshqarish, liderlik salohiyatini mustahkamlash hamda kasbiy kompetensiyalarini yanada oshirishga qaratilgan.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar uchun davlat boshqaruvidagi zamonaviy yondashuvlar, samarali muloqot, qarorlar qabul qilish, inson resurslarini boshqarish va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha malakali mutaxassislar ishtirokida trening hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Kurs yakunida tinglovchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini o‘z faoliyatida samarali qo‘llash orqali adliya organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

🖥 Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling👇
📞 +998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84

📱minjusttraining.uz 📱Facebook📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan fuqaro ishga tiklandi

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥3👍1
#Yangi_loyiha

“Intellektual mulk va ayollar”

“Buyuk ayollarning buyuk ishlari” 1-qism

“Arxitekturaning qirolichasi” jasoratli me’mor ayol Zaha Hadid hayoti bilan tanishamiz.

Zaha Hadid hayot yo’li bizga shuni ko‘rsatadiki, istak va qat’iyat bilan har qanday sohada yuksalish mumkin. U nafaqat dunyo me’morchilik sohasida katta burilishlar qildi, balki millionlab ayollarga orzulariga ishonish kerakligini isbotladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👏2🔥1
#Adliya_xabari

❗️Andijon viloyatida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati o‘rganilmoqda

🔹Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud holatni tahlil qilish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

🔹Shu maqsadda vazirlik mas’ullari tomonidan Asaka, Marhamat va Shahrixon tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari faoliyati o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va tezkorligi, aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish tizimining samaradorligi hamda amaldagi tartib-taomillarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron raqamli imzodan foydalanish, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda xizmatlar sifati monitoring qilindi.

📌 O‘rganishlar yakunida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orzularim ustidan kulishgan – Otabek Mahkamov

Kitob o‘g‘risi o‘g‘ri emasmi? Xalq artistlari va ularga berilayotgan unvonlar qanchalik odil? Qonunlar ishlamasigiga sabab… Barcha savollarga javoblarni “Qaroqchi”ning navbatdagi sonida tomosha qiling!

To‘liq videoni ko‘rish👉 https://youtu.be/5O9J7fG8iHU
5👍4🔥2👏2
“BYD COMPANY LIMITED” kompaniyasining avtomobili sanoat namunasi sifatida Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Sanoat namunasi bu: buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.

Boshqacha qilib aytganda, bu mahsulotning texnik funksiyasini emas, balki uning noyob estetik ko‘rinishini himoya qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk obyektidir.

Sanoat namunasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi va qonuniy himoya qilinishi uchun (patent olish uchun) u ikkita asosiy mezonga javob berishi kerak:

Yangilik: Uning asosiy xususiyatlarining yig‘indisi ustuvorlik sanasidan (ariza topshirilgan sana) oldin ommaga ochiq manbalardan ma’lum bo‘lmasligi kerak.

Originallik: Dizaynning asosiy xususiyatlari uning noyob, ijodiy xususiyatini belgilashi kerak.

Sanoat namunasi uchun patent uning egasiga (patent egasiga) dizayndan foydalanishning mutlaq huquqini beradi va boshqalarga uni ruxsatsiz nusxalash yoki undan foydalanishni taqiqlaydi.

Ma’lumot uchun: Sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍1
#Adliya_xabari

📣E'TIROF

❗️Adliya vazirligi O‘zbekistonda davlat organlari orasida birinchilardan bo‘lib “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro standarti sertifikatini qo‘lga kiritgan.

Mazkur standart talablari asosida sertifikatlangan tashkilotlarda sifat menejmenti tizimining xalqaro talablarga muvofiqligi har yili baholab boriladi. Shu maqsadda joriy yilning 21–22-may kunlari Adliya vazirligida xalqaro “СERT International” tashkiloti auditorlari tomonidan navbatdagi kuzatuv auditi o‘tkazildi.

✔️Audit davomida vazirlikda sifat menejmenti tizimi talablarining joriy etilishi, ichki jarayonlarning samaradorligi hamda xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar baholanib, xalqaro standarti talablariga to‘liq muvofiqligi tasdiqlandi.

🗣️Mazkur natija Adliya vazirligida sifat menejmenti tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgani, boshqaruv jarayonlari xalqaro standartlar asosida tashkil etilgani hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xalqaro darajada e’tirof etilganidan dalolat beradi.


🔖Adliya vazirligi bundan buyon ham faoliyat samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va xalqaro standartlar talablariga muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍94🔥3👏2🎉1