ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSh makkajo‘xorisining 90 foizi genetik o‘zgartirilganmi?

Meva-sabzavotlar zararkunandalarga chidamlilikni oshirish va hosildorlikni ko‘paytirish maqsadida genetik jihatdan o‘zgartiriladi.
Genlashgan mahsulotlar allergik kasalliklarni keltirib chiqaradimi?

Bu savollarga mutaxassis javobini quyidagi ko‘rsatuv orqali bilib olishingiz mumkin.

Batafsil: https://youtu.be/fBTKS-WoOcs

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

“Shajara” axborot tizimi: oila shajarasini shakllantirish bo‘yicha yangi davlat xizmati yuzasidan BRIFING

🔵O‘zbekistonda aholiga yangi davlat xizmati — “Shajara” axborot tizimi orqali oila shajarasini shakllantirish xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda.

🔵Xizmat O‘zbekiston Milliy arxivi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari, YAIDXP hamda “Shajara” axborot tizimi orqali ko‘rsatiladi.

🔵Xizmat natijasiga ko‘ra fuqaroning oila daraxti shakllantirilib, QR-kod qo‘yilgan rasmiy arxiv maʼlumotnomasi taqdim etiladi.

🔵“Shajara” tizimini takomillashtirishda familysearch.org va myheritage.com kabi xalqaro platformalar tajribasi o‘rganilmoqda.

🔵“Shajara” axborot tizimini 2026-yil 1-sentabrdan ishga tushirish PF–228-son Prezident Farmoni asosida belgilangan.


👉Batafsil “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tgan brifingda


—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
👍2
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda


Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozori faoliyati bilan tanishib, hududdagi savdo jarayonlari, bozor infratuzilmasi hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida savdo faoliyatini tartibga solish, bozorlarni shaffof boshqarish, naqd pul aylanmasini nazorat qilish va yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, savdo operatsiyalarini raqamlashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan samarali foydalanish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mas’ullarga noqonuniy savdo faoliyati, ruxsatsiz savdo nuqtalari hamda hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda


Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Yashnobod tumanidagi “Barkamol” mahallasi yettiligi bilan uchrashib, hududdagi kriminogen vaziyatni manzilli o‘rgandi.

Uchrashuv davomida jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika choralarining samaradorligini oshirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ul mutasaddilarga huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash va hududda osoyishtalikni mustahkamlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Xorazm_viloyati

Adliya organlari aralashuvi bilan 91 yoshli onaxonning tug`ilganlik fakti tasdiqlanib, guvohnoma topshirildi

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍6
#Adliya_xabari

🌙 Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Yashnobod tumanida ehson va mehr ulashildi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yashnobod tumanida ishchi guruh ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda chin yetim farzandlar holidan xabar olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan tumandagi chin yetim farzandlar tarbiyalanayotgan oilalar holidan xabar olinib, ularga bayramona e’tibor va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Tashrif davomida oilalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, bolalarga sovg‘alar hamda zarur ehtiyojlar uchun yordamlar topshirildi. Shuningdek, oilalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglanib, ularga amaliy huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Farovonlik tasodif emas — u harakatdan boshlanadi

Samarqand viloyatining Navkat qishlog‘ida tashkil etilgan “Navkat COOP” kooperativida yana bir muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Adliya vazirligi Vazir kotibiyati boshlig‘i A’zamjon Sarabekov kooperativ faoliyatini joyiga chiqqan holda tanqidiy-tahliliy o‘rgandi.

Bu safarda raqamlar emas, odamlar taqdiri haqida gap ketdi. Orzular, imkoniyatlar, kelajak haqida suhbatlashildi.

Biznes modellari vakillari bilan ochiq muloqotlar davomida ularning muammolari tinglandi, rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlar muhokama qilindi. Eng muhimi — farovonlikka olib boradigan aniq qadamlar yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Logistika markazi faoliyatini jadallashtirish masalalari yuzasidan yoshlar va ularning ota-onalari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi. Chunki har bir o‘zgarish avvalo insonning ishonchi va harakatidan boshlanadi.

Uchrashuvda yana bir muhim fikr yangradi: bilim va malaka — kelajakka qilingan eng katta sarmoyadir. Shu bois biznes vakillari uchun qisqa kurslar, tajriba almashish va xizmat safarlarini tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Chunki rivojlanish faqat sharoit bilan emas, daxldorlik hissi bilan yashaydigan insonlar bilan boshlanadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5