ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
⚖️ Advokatlar hamjamiyatida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi

🔹Bugun O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Adliya vazirligi hamda advokatlar hamjamiyati vakillari ishtirokida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va uni amaliyotda qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Savol-javob shaklida tashkil etilgan muloqot davomida jismoniy va yuridik shaxslarni sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topish tartibida uchrayotgan ayrim tizimli muammolar, ularning huquqiy oqibatlari hamda mavjud masalalarni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, uchrashuvda advokatlik faoliyatini yanada takomillashtirish, yosh advokatlar salmog‘ini oshirish, sohaga malakali kadrlarni keng jalb etish hamda advokatura institutining jozibadorligini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

📌 Tadbir davomida amaldagi qonunchilik hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan ilgari surilgan asoslantirilgan takliflar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Jizzax viloyatida “Namunali adliya bo‘limi” loyihasi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

🔹Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublikaning har bir hududidan bittadan adliya bo‘limi tanlab olinib, ularda “Namunali adliya bo‘limi” loyihasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

🔹Mazkur loyiha doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, adliya bo‘limlarida qulay va zamonaviy muhit yaratish, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda huquqiy targ‘ibotning samarali va proaktiv shakllarini keng qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Hozirda ushbu loyiha Baxmal tuman adliya bo‘limida amalga oshirilib, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

🔹Shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini uyg‘unlashtirish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda tashabbuslarni amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan aniq tavsiya va mexanizmlar ishlab chiqilmoqda.

📌 “Namunali adliya bo‘limi” loyihasi aholiga yanada sifatli va zamonaviy huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda davriy deklaratsiyalashda bojxona boji va soliqlarni har bir tovar turkumi uchun alohida toʻlash mumkin bo‘ladi.
 
🔹Adliya vazirligi Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qo‘shimcha va oʻzgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3296-5, 2026-yil 25-may)
 
🔹Tovarlar davriy bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona hududiga kirib kelganda deklaratsiyalovchining murojaatiga asosan bojxona boji va soliqlarni har bir tovar turkumi uchun alohida toʻlash tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, bojxona organi tomonidan davriy bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha hisobot rasmiylashtiriladi hamda yuritib boriladi.

 
🔹Tovarlarni keyinchalik toʻliq bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etish orqali dastlabki deklaratsiyalash tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, muvofiqlik sertifikati, ekologik sertifikat, veterinariya sertifikati, sanitariya-epidemiologik xulosa, karantin ruxsatnomasi hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnomalar mavjud bo‘lmaganda ham keyinchalik to‘liq bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish sharti bilan tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash mumkin.

 
🔹Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi asosida tovarlarni deklaratsiyalashda toʻliq bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish mumkin bo‘lmagan holatlar chiqarib tashlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Adliya_aralashgach

❗️Namangan viloyatida adliya aralashuvi bilan fuqarolarning 73 mln ortiqcha hisoblangan kommunal to'lovlari bekor qilindi.

To‘raqo‘rg‘on tumani “Buramatut” mahallasida o'tkazilgan sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan "Namangan Musaffo iqlim" To'raqo'rg'on tuman filiali tomonidan kuz-qish mavsumida xizmat ko'rsatilmagan bo'lsa-da, ushbu davr uchun mahalladagi jami 545 xonadonga qarz hisoblanganligidan norozi bo'lib murojaat qilingan.

Murojaat o‘rganilishi davomida, haqiqatan ham qish mavsumida tashkilot tomonidan mahalla aholisi chiqindilari olib chiqib ketilmaganligi, shunga qaramasdan, ushbu davr uchun qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan noqonuniy hisoblangan qarzdorlikni bartaraf qilish uchun "Namangan Musaffo iqlim" To'raqo'rg'on tuman filialiga taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma natijasi bo'yicha, Buramatut mahallasidagi jami 545 ta xonadonning 73 mln 528 ming so'm qarzdorligi bekor qilinishiga erishildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍1🔥1
#Adliya_xabari

📣DIQQAT E’LON!

Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) diqqatiga!

❗️2026-yil 1-iyundan boshlab new.birdarcha.uz tizimi orqali tijorat tashkilotini onlayn tugatishga ariza yuborishda ta’sischilar qarori avtomat shakllantiriladi.

Endilikda:
Hujjatni alohida tayyorlab yuklash talab etilmaydi
Ta’sischi va tugatuvchi Face-ID orqali tasdiqlaydi
Tasdiq QR-kod orqali hujjatda aks etadi
Ariza barcha tasdiqlardan so‘ng avtomat tarzda tugatish jarayoniga o‘tadi va vakolatli organlarga yuboriladi
DXMlar tomonidan arizani dastlabki ko‘rib chiqib tasdiqlashi talab etilmaydi

‼️Ushbu yangilik tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi hamda jarayonning xavfsizligini oshiradi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etildi

Davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari hamda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasini tashkil etish bo‘yicha I Ta’sis Konferensiyasi yig‘ilishi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270-son qarorida Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasini tashkil etish belgilangan.

📝Konferensiya qaroriga asosan Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etildi hamda Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasining Ustavi tasdiqlandi.

📌Ushbu konferensiyada Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasiga kirish va a’zolik badali miqdorini tasdiqlash, Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasining Boshqaruvi a’zolarini, Taftish komissiyasi hamda Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasi raisini saylash masalalari ham kun tartibiga qo‘yildi.

🔰Shunga ko‘ra, delegatlar tomonidan bir ovoz bilan Boshqaruv  va Taftish komissiyasi a’zolari saylandi.

✔️Shuningdek, “BORIS IL‘ICH PINXASOV NOMIDAGI” nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari Xudoyberdiyev Tolibjon Ilhomovich Palata raisi etib saylandi.

🤝 Shu bilan birga, yig‘ilishda Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ham takliflar bildirildi hamda kelgusidagi rejalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍63
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSh makkajo‘xorisining 90 foizi genetik o‘zgartirilganmi?

Meva-sabzavotlar zararkunandalarga chidamlilikni oshirish va hosildorlikni ko‘paytirish maqsadida genetik jihatdan o‘zgartiriladi.
Genlashgan mahsulotlar allergik kasalliklarni keltirib chiqaradimi?

Bu savollarga mutaxassis javobini quyidagi ko‘rsatuv orqali bilib olishingiz mumkin.

Batafsil: https://youtu.be/fBTKS-WoOcs

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

“Shajara” axborot tizimi: oila shajarasini shakllantirish bo‘yicha yangi davlat xizmati yuzasidan BRIFING

🔵O‘zbekistonda aholiga yangi davlat xizmati — “Shajara” axborot tizimi orqali oila shajarasini shakllantirish xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda.

🔵Xizmat O‘zbekiston Milliy arxivi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari, YAIDXP hamda “Shajara” axborot tizimi orqali ko‘rsatiladi.

🔵Xizmat natijasiga ko‘ra fuqaroning oila daraxti shakllantirilib, QR-kod qo‘yilgan rasmiy arxiv maʼlumotnomasi taqdim etiladi.

🔵“Shajara” tizimini takomillashtirishda familysearch.org va myheritage.com kabi xalqaro platformalar tajribasi o‘rganilmoqda.

🔵“Shajara” axborot tizimini 2026-yil 1-sentabrdan ishga tushirish PF–228-son Prezident Farmoni asosida belgilangan.


👉Batafsil “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tgan brifingda


—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
👍2
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda


Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozori faoliyati bilan tanishib, hududdagi savdo jarayonlari, bozor infratuzilmasi hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida savdo faoliyatini tartibga solish, bozorlarni shaffof boshqarish, naqd pul aylanmasini nazorat qilish va yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, savdo operatsiyalarini raqamlashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan samarali foydalanish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mas’ullarga noqonuniy savdo faoliyati, ruxsatsiz savdo nuqtalari hamda hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1