ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri boshchiligidagi vazirlik jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida


Bugun Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari vazir boshchiligida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida xodimlar markazning bunyod etilishi, unda amalga oshirilayotgan ilmiy-ma’rifiy loyihalar hamda xalqimizning boy tarixiy, diniy va madaniy merosini keng targ‘ib etishga qaratilgan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, markaz ekspozitsiyalari orqali buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va sivilizatsiya rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashrif xodimlarning tarixiy merosimiz va milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥138👍7👏2
#Adliya_xabari
#Huquqiy_targibot

⚖️ Huquqiy madaniyat maktabdan boshlanadi: Toshkent shahridagi 231- va 206-maktablarda “Huquq sinfi” tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Yashnobod tumanida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlarning uzviy davomi sifatida Toshkent shahridagi 231- hamda 206-umumta’lim maktablarida “Huquq sinfi” tashkil etildi.

“Huquq sinfi”ning ochilish marosimida TDYU rektori Baxshillo Xodjayev ishtirok etib, mazkur loyiha yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquqiy madaniyatni maktab bosqichidan boshlab shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, “Huquq sinfi” o‘quvchilar uchun nafaqat nazariy bilim olish, balki kundalik hayotda uchraydigan huquqiy vaziyatlarni tushunish, o‘z huquq va majburiyatlarini anglash hamda qonuniy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy maydon bo‘ladi.


Shuningdek, bunday tashabbuslar yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunga hurmat, mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda maktab, mahalla va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
7👏4
Forwarded from Rasmiy axborot
⚡️ Hech qaysi davlatda kuzatilmagan murojaat: Prezidentdan yoshlarga katta ishonch

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan murojaati nafaqat samimiy tabrik, balki Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilgan ulkan baho va tarixiy ishonch ramzi bo‘ldi.


E’tiborlisi, jahon amaliyotida davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga bunday keng qamrovli, batafsil va ilhomlantiruvchi murojaat yo‘llashi deyarli uchramaydi. Bu – yoshlarga munosabatda mutlaqo yangi yondashuv.

Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” deb atadi. Bu shunchaki balandparvoz ibora emas. Bu – mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan bog‘layotgan davlat siyosati ifodasidir.

📌 Bugun yoshlar uchun:

👀 207 ta oliy ta’lim muassasasi,
👀 startaplar uchun 100 million dollar,
👀 IT va sun’iy intellekt sohasida minglab imkoniyatlar,
👀 tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar tayyor.

Eng muhimi, bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarga “sen uddalay olasan” degan ishonch berilmoqda.

🏅 Ma’lumot uchun: joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda.


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21