ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganish, ularning faoliyatida uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida joriy yilning 21-may kuni Adliya vazirligida tadbirkorlar va xalqaro kompaniyalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Unda Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari hamda Koreya Respublikasi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

🔹Muloqot davomida O‘zbekiston hududida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlar aylanishining oldini olish, tovar belgilaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish hamda tadbirkorlarning ushbu yo‘nalishdagi muammolari muhokama qilindi.

🔹Xususan, Samsung va LG kompaniyalari vakillari tomonidan kontrafakt mahsulotlar savdosi, noqonuniy import, tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanish hamda onlayn savdo platformalarida intellektual mulk huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.


🔹Shuningdek, uchrashuv davomida intellektual mulk obyektlarini samarali himoya qilish, rasmiy distribyutorlik faoliyatini rivojlantirish, litsenziyalash tartib-taomillarini soddalashtirish hamda original mahsulotlar savdosini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbirda tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning amaliyotda duch kelayotgan muammolari tinglandi hamda mavjud masalalarni qonunchilik doirasida hal etish mexanizmlari muhokama qilindi.

📌 Uchrashuv yakunida intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi samarali choralarni kuchaytirish, huquq egalari va tadbirkorlar bilan tizimli hamkorlikni rivojlantirish hamda amaliy muloqotlarni muntazam davom ettirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
#Yoshlar_kuni
#Toshkent_shahri
 
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
 
Yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida Chilonzor tumanidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
 
Murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori bilim namoyon etgan ishtirokchilar adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 
Natijalar:
1 – o‘rin – 178-sonli umumta’lim maktabining “Fenomen” jamoasi
2 – o‘rin – 179-sonli umumta’lim maktabining “Imperiya” jamoasi
3 – o‘rin – 201-sonli umumta’lim maktabining “Qizlar” jamoasi

 
Ushbu loyihalar yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍41