ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔴 Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayonlari yanada soddalashtiriladi

🔹Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi.

🔹Mazkur qonun o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini jadallashtirish, amaliyotda yagona va izchil tartibni ta’minlashga qaratilgan.

🔹Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar qurish orqali ortiqcha egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etishda bir martalik to‘lov miqdori aniq belgilanadi.

🔹Shuningdek, jarayonlarni tezlashtirish maqsadida belgilangan muddatlarni 3 barobargacha qisqartirish nazarda tutilmoqda.

🔹Bir martalik to‘lov 20 ish kuni ichida amalga oshirilsa, avtomatik ravishda 50 foiz chegirma qo‘llanadi. Agar ushbu muddatda to‘lov amalga oshirilmasa, fuqarolarga to‘lovlarni 1 yildan 3 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.


🔹Qonun bilan ko‘chmas mulkka oid huquqlarni e’tirof etishga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari ham takomillashtiriladi. Jumladan, asosli e’tirozlar mavjud bo‘lsa, vakolatli organlar xulosalarini yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan qayta ko‘rib chiqish imkoniyati yaratiladi.

🔹Bundan tashqari, soliq qarzdorligi bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha bo‘lgan holatlarda ham ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini davom ettirish imkoniyati belgilanmoqda.

🔹Ko‘chmas mulk obyektining qurilgan yilini kosmik suratlar asosida aniqlash mexanizmi ham takomillashtiriladi.

📌 Mazkur qonun fuqarolar va tadbirkorlarning ko‘chmas mulkka oid huquqlarini qisqa muddatlarda rasmiylashtirish, mulkiy va meros bilan bog‘liq nizolarni kamaytirish hamda aholining kundalik hayotida uchrayotgan bir qator ijtimoiy masalalarni hal etishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍5🔥4😢1
🚨 Yashnobod tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda

Adliya vazirligi ishchi guruhi Yashnobod tumanidagi “Fidoyilar” va “Cho‘lpon” mahallasi yettiligi bilan uchrashib, hududdagi jinoyatchilik holatini manzilli o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida jinoyatchilikka qarshi olib borilayotgan ishlar va profilaktika choralarining samaradorligini oshirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Hududda xavfsiz muhitni shakllantirish uchun mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
2🔥2
#Adliya_aralashgach

🔴 Sirdaryo viloyatida fuqaroning imtiyozli pensiya olish huquqi tiklandi

🔹Sardoba tuman adliya bo‘limiga fuqaro A.Djabarov murojaat qilib, sobiq “Shaxtaquruvchi” MCHJ tasarrufidagi “Qo‘yitosh” yerosti volfram konida uzoq yillar faoliyat yuritgani, biroq kon tugatilgani sababli ish o‘rinlari attestatsiyasiga oid hujjatlar saqlanmaganini bildirib, imtiyozli pensiya tayinlashda amaliy yordam so‘radi.

🔹Mazkur murojaat adliya bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlardan zarur ma’lumot va xulosalar olindi hamda amaldagi qonunchilik talablari tahlil qilindi.

🔹O‘rganish natijasida fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

🔹Sud tomonidan ish holatlari har tomonlama ko‘rib chiqilib, fuqaroning “Qo‘yitosh” va “Qora-qush” yerosti konlarida zararli mehnat sharoitida ishlaganlik fakti belgilandi.

📌 Natijada fuqaroning imtiyozli pensiya olish huquqi tiklandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥32👍1
Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi tarkibidagi “Adolat”milliy-huquiy axborot markazi a’zolari Janubiy Koreya Respublikasining 2025/2026-yillarga moʻljallangan KSP (Knowledge Sharing Program) bilimlar almashinuvi dasturi doirasida huquqiy axborotni tarqatishda zamonaviy tizimlar hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha Koreya tajribasini oʻrganish maqsadida Seul shahrida boʻlib turibdi.

Xizmat safari doirasida delegatsiya a’zolari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, Konstitutsiyaviy sudi, Davlat qonunchiligi vazirligi, Koreya huquqiy axborot markazi hamda shu yo‘nalishlarda dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Dasturning ilk kunida Koreyaning qonunchilik tizimi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularga oʻzgartirish kiritishda raqamli texnologiyalardan foydalanish amaliyoti, huquqiy axborotni aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlari hamda ushbu yoʻnalishdagi ilgʻor tajribalar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.

Shuningdek, Koreya qonunchilik tadqiqotlari instituti ekspertlari bilan norma ijodkorligi jarayonida ilmiy-tahliliy institutlarning roli, huquq ijodkorligida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektdan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.

Mazkur xizmat safaridan koʻzlangan asosiy maqsad — tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, huquqiy axborotni raqamli boshqarish, huquq sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash hamda norma ijodkorligi jarayonlarini modernizatsiya qilish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishdan iborat.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥43👍2
#Adliya_aralashgach

🔴 Andijonda fuqaroga asossiz hisoblangan soliq qarzdorligi bartaraf etildi

🔹Asaka tuman adliya bo‘limiga fuqaro U.T. tomonidan nomiga ortiqcha unikal kadastr raqami biriktirilgani va buning natijasida asossiz soliq hisoblangani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

🔹O‘rganish davomida fuqaroga tegishli bo‘lmagan yer maydoni va uy-joy obyektlari tizimda biriktirilib qolganligi sababli unga 5 million so‘mdan ortiq mol-mulk va yer solig‘i hisoblangani aniqlandi.

🔹Mazkur holat yuzasidan Kadastrlar palatasining tuman bo‘limiga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

📌 Adliya organlari aralashuvi natijasida fuqaro manfaatlari himoya qilinib, asossiz hisoblangan soliq qarzdorligi bartaraf etildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥62👍1👏1
#Adliya_xabari

❗️Fuqarolar va davlat o‘rtasida ishonchli muloqotni mustahkamlash yo‘lida

O‘zbekistonda ochiq va inklyuziv boshqaruvni rivojlantirishda jamoatchilik maslahat kengashlari rolini kuchaytirishga qaratilgan trening Farg‘onada boshlandi.

Trening Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Jamoatchilik maslahat kengashlari fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashda muhim o‘rin tutib, jamoatchilik fikri va aholi ehtiyojlarining qaror qabul qilish jarayonlarida inobatga olinishini ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur tashabbus jamoatchilik maslahat kengashlari a’zolarini nazorat va maslahat berish faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan amaliy vositalar va metodologiyalar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏63🔥1