ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚡️Samarqandda jurnalist va blogerlar uchun media-trening yakunlandi

📍Samarqand shahrida Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

🎯Trening davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlarni professional yoritish, raqamli transformatsiya jarayonlarini ommaga sodda va ta’sirchan yetkazish, shuningdek storytelling, mobil jurnalistika va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.


🤝 Tadbir media vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda davlat organlari va OAV o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

⚡️ Trening Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1👏1
#Adliya_xabari

🔴 Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

🔹15-may — Xalqaro oila kuni arafasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi Yunusobod tumani 2-son FHDY bo‘limi mudirasi Aziza Mustafoyeva oilasi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🔹Mazkur yuksak e’tirof munosabati bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasida tantanali tabriklash marosimi tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida Aziza Mustafoyevaning oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda FHDY organlaridagi samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.

🔹Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF–87-son Farmoni bilan ta’sis etilgan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan jamiyatda namunali oilaviy muhitni shakllantirish va oila institutini mustahkamlashga hissa qo‘shgan oilalar taqdirlanadi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍65👏2
#Adliya_xabari
#Yashil_makon

♻️ Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani "G'alaba bog'i" hududiga tutash hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish ishlari amalga oshirildi.

♻️ Hududlarni ko’kalamzorlashtirish va eko tizimni tiklash borasida amalga oshirilayotgan xayrli tashabbus doirasida 45 tup manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

♻️ Bunday keng ko‘lamli tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida, hududlardagi yashil maydonlar kengayib, ekologik vaziyat yaxshilanib boradi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏21