ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Karyera kuni” doirasida yosh yuristlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

⚖️Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 15-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Karyera kuni” doirasida yuridik sohada faoliyat yuritishni istagan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tizimga keng jalb etish hamda istiqbolli kadrlarni saralash maqsadida ochiq muloqot va ishga qabul qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Adliya vazirligi, shuningdek Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi mas'ullari ishtirok etib, yoshlarga tizimdagi mavjud imkoniyatlar, xizmat faoliyatining o‘ziga xos jihatlari hamda kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida:
📝adliya organlaridagi vakant ish o‘rinlari;
📝ishga qabul qilish tartibi va bosqichlari;
📝nomzodlarga qo‘yiladigan talablar;
📝 yosh yuristlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar;
📝xizmat faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlar hamda kasbiy rivojlanish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

📌 Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari notariuslarning ijro xatlarini yozish jarayonlari bilan tanishdi.


Avval xabar berilganidek, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Nizosiz ishlarni hal etish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan BHMning ming baravarigacha (412 mln soʻmgacha) boʻlgan ayrim nizosiz ishlarni notariuslar tomonidan ijro xati yozish orqali koʻrib chiqish tartibi belgilanmoqda.

Qonunchilik palatasi deputatlari Yashnobod tumanidagi notarial idoralarga borgan holda notariuslar tomonidan yangi tartib asosida ijro xatlarini yozish jarayonlari bilan tanishdi. Jarayonda deputatlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritib, amaliyotchi notariuslarning fikr-mulohazalarini eshitdi.


Shuningdek, deputatlar Majburiy ijro byurosi Yashnobod tuman boʻlimida notariuslarning ijro xatlari ijroga qaratilishi amaliyoti bilan ham tanishdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥2
#Adliya_xabari

⚡️Samarqandda jurnalist va blogerlar uchun media-trening yakunlandi

📍Samarqand shahrida Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

🎯Trening davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlarni professional yoritish, raqamli transformatsiya jarayonlarini ommaga sodda va ta’sirchan yetkazish, shuningdek storytelling, mobil jurnalistika va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.


🤝 Tadbir media vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda davlat organlari va OAV o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

⚡️ Trening Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1👏1