#Adliya_hudud
Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida nizoli oilalar bilan ishlashda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o'rganmoqda.
Nizoli oilalar soni yuqori bo'lgan mahallalar adliya organlariga biriktirilgan bo'lib, ularga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko'rsatib kelinmoqda.
Nurota tumanining "G'ofur G'ulom" mahalla fuqarolar yig'inida adliya boshqarmasi boshlig'i mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.
Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, oilalardagi nizolar asosan uchinchi shaxs aralashuvi, tazyiq va zo'ravonlik holatlari, xiyonat hamda moddiy ta'minot bilan bog'liq sabablarga ko'ra yuzaga kelmoqda.
Taqdimotda ushbu masalalar haqida so'z yuritilib, ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, ruhiy muvozanatni tiklash va iqtisodiy barqarorlikka erishishga ko'maklashishda adliya idoralari tomonidan zarur mutaxassislarni jalb etgan holdan olib borilayotgan ishlar tafsilotiga to'xtalib o'tildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

❤2👍2🔥1
#Adliya_xabari
🔴 Toshkent shahrida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
🔹Toshkent shahar adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-son Farmoni ijrosi doirasida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
🔹Tadbir Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Demokratiya va inson huquqlari instituti hamda boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.
🔹Seminar davomida oila qonunchiligi asoslari, erta nikohlarning oldini olish, nikohni qonuniy rasmiylashtirishning ahamiyati, nikoh shartnomasi tuzish orqali oilaviy nizolar va ajrimlarning oldini olish hamda aliment majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
🔹Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🔥3❤2
#Yoshlar_kuni
🔴 Farg‘onada o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida Farg‘ona viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🔹Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi O‘zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan uchrashuvda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🔹Muloqot davomida yoshlarga mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
🔹Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
📌 Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ilm-fan va taraqqiyot sari ruhlantirishga xizmat qilmoqda.

👍3🔥2❤1👏1
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese mualliflik huquqi buzilgani uchun sudda g‘alaba qozondi: O‘zDJTU 20 mln 600 ming so‘m tovon to‘laydi.
🔹Joriy yilning aprel oyida sharqshunos olim Mark Reese tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan zarar yuzasidan tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan.
🔹Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ul xodimi M. Chutpulatovdan da’vogar Mark Reese foydasiga BHMning 50 baravari ya'ni 20 millon 600 ming so'm miqdorida tovon undirilishi belgilandi.
🔹Eslatib o'tamiz, avvalroq tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese uning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani haqida Adliya vazirligiga murojaat qilgan edi. Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazilib aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ul xodimiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan hamda asarning elektron nusxasini unilibrary.uz tizimidan o‘chirish majburiyati yuklatilgan.

‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
❤2🔥2🙏1