ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#uchinchi_qism

Ko‘p kvartirali uy va uning atrofidagi ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlandi

🔹Unga ko‘ra:
1. Boshqarish organi aholiga qulaylik yaratish maqsadida:
ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o‘rindiqlar o‘rnatishi;
tegishli masofada chiqindilarni tashlash uchun chiqindilarni ajratuvchi o‘rnalar joylashtirishi lozim.

2. Uylarga tutash yer uchastkalarida quyidagi umumiy foydalanish maydonchalari bo‘lishi kerak:
▪️maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘ynashi uchun;
▪️katta yoshdagi aholining dam olishi uchun;
▪️jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun;
▪️maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun;
▪️it va boshqa uy hayvonlarini sayr qildirish uchun;
▪️velosiped va boshqa mobil vositalarni (samokat, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalarning aravachalari) saqlash uchun.

3. Uylarga tutash yer uchastkasi hamda infratuzilma ob’yektlari obodonlashtirilishi, daraxtlar va o‘simliklarga, o‘tish yo‘lkalari va trotuarlarga suv sepish uchun muhandislik-texnik qurilmalar bilan jihozlanishi, elektr yoritish tizimiga ega bo‘lishi kerak.

4. Ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkasida quyidagilar taqiqlanadi:
▪️tegishli ruxsatnomasiz daraxtlar va butalarni boshqa joyga ko‘chirib ekish yoki kesish;
▪️ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkasilarini metall parchalari, qurilish va maishiy va boshqa chiqindilar bilan to‘ldirish;
▪️daraxtlarga arqon va simlarni bog‘lash, belanchaklar osish, reklama taxtalarini yopishtirish;
▪️gulzorlar, maysazorlar va yo‘laklarni chiqindilar bilan ifloslantirish;
ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, bolalar va sport maydonchalari, katta yoshdagi aholining dam olishi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan joylardan avtoturargoh sifatida foydalanish;
▪️ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish (beton yoki boshqalar bilan qoplash);
▪️yashil o‘simliklar bilan band bo‘lgan maydonlarga har qanday materiallarni to‘plash;
▪️yashil o‘simliklar yaqinidagi yo‘laklarga yashil o‘simliklar uchun zararli bo‘lgan kimyoviy moddalarni sepish yoki ushbu moddalar bilan sug‘orish.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
“Mamlakat platformasi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 30-aprel kuni Adliya vazirligida “Mamlakat platformasi”ning Qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha Ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston bo‘yicha “Mamlakat platformasi” donorlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning qo‘shma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorligini taʼminlashga qaratilgan mexanizm hisoblanadi.


Tadbirda Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamiyati (GIZ), Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD), BMT narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC), UNICEF, shuningdek, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Latviya elchixonalarining vakillari ishtirok etdi.

“Mamlakat platformasi”ning bugungi yig'ilishida Nomarkazlashtirish islohotlari: xalqaro tajriba va milliy yondashuvlar mavzusi muhokama qilindi. Tadbir davomida davlat boshqaruvini aholiga yaqinlashtirish, vakolat va resurslarni hududlarga o‘tkazish, qaror qabul qilish jarayonlarini tezkor va samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔹Xususan, nomarkazlashtirishning konseptual yondashuvlari, vakolatlarni vertikal va gorizontal taqsimlash, hududlar salohiyatidan kelib chiqib boshqaruv modelini joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

🔹Shuningdek, xalqaro tajriba asosida hududlarni rivojlantirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, davlat xizmatlarini xalqqa yaqinlashtirish hamda raqamli boshqaruv mexanizmlarini joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

🔹Uchrashuv yakunida nomarkazlashtirish jarayonlarini tizimli amalga oshirish, aniq mexanizmlar asosida joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍2🔥2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

❗️Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida yoshlar bilan ochiq muloqot: dolzarb masalalar muhokamada

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda boshqarma boshlig'ining birinchi o‘rinbosari F. Ashmatov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Farzandlikka olingan, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoshlar va talaba-yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlari va kelajak rejalari yuzasidan fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi va ulardan muammolar hamda ularni yechimi bo‘yicha takliflar olindi.

Shuningdek, tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi g‘oyalar, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3👏2👍1🎉1
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Qoraqalpog‘iston Tibbiyot institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Prenov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlar hamda kelajak rejalari yuzasidan fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

🔹Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularning muammolariga yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi g‘oyalar, tazyiq, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etganlik uchun javobgarlik belgilanganligi haqida tushuntirishlar berildi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
👍2🔥2
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Andijonda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Andijon davlat texnika institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Tadbirda adliya boshqarmasi rahbariyati, Mudofaa vazirligi faxriylari, institut mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va takliflarini tinglashga qaratildi.

🔹Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar siyosati ustuvor yo‘nalish ekani, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb-hunar egallash va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar alohida ta’kidlandi.

🔹Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida energetik ichimliklarning zararli oqibatlari yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
🔥6👍1