ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Surxondaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi sport ruhida o‘tkazildi

🔹“Yoshlar kuni” doirasida Surxondaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etildi.

🔹Tadbirlar davomida milliy kurash, arqon tortish, ot sporti va boshqa sport turlari bo‘yicha qizg‘in musobaqalar o‘tkazilib, yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligi mustahkamlandi.

🔹Shuningdek, uchrashuv davra suhbati shaklida davom etib, unda yoshlarning huquq va majburiyatlari, sportchi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda qonunchilikda belgilangan imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📌 Mazkur tadbirlar yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
3👍3🔥1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Amir Temur merosi — zamonaviy huquqiy davlat poydevori

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Toshkent shahar adliya boshqarmasida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbir doirasida “Amir Temur merosi va zamonaviy huquqiy davlat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida milliy tariximiz va buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolat va qonun ustuvorligiga asoslangan tamoyillarining bugungi kundagi ahamiyatini keng yoritishdan iborat bo‘ldi.

🔹Davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti professori Hakimali Azimov ma’ruza qilib, Amir Temurning davlatchilik an’analari va boshqaruv tamoyillari zamonaviy huquqiy davlat qurishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

🔹Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

📌 Mazkur tadbir yoshlarning tarixiy tafakkurini boyitish, huquqiy ongini yuksaltirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Jizzax viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi va matbuot anjumani o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida tadbir tashkil etildi.

🔹Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda OAV vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

🔹Tadbir davomida inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning erkinliklarini kafolatlash, ularning qadr-qimmatini yuksaltirish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Uchrashuvda yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

🔹Savol-javob va erkin muloqot tarzida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🔥2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Adliya vaziri o‘rinbosari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Yashnobod tumanida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Uchrashuvda Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev ishtirok etib, 20 nafar yosh bilan ochiq muloqot olib bordi.

🔹Muloqot davomida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va tashabbuslar atroflicha tinglanib, xususan zamonaviy kasblarni egallash, ish bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

🔹Tadbir yakunida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
👍5