ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Andijonda yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Andijon viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida sport tadbirlari tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbirlar doirasida yoshlar o‘rtasida armrestling, arqon tortish hamda tosh ko‘tarish kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar o‘tkazildi.

🔹Musobaqalarda yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy birdamligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdi.

🔹Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni sportga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

📌 Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
👍4🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Navoiyda velomarafon va milliy o‘yinlar yoshlarni birlashtirdi

🔹“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Navoiy viloyatida yoshlar ishtirokida keng ko‘lamli sport tadbirlari tashkil etildi.

🔹Tadbirlar velomarafon bilan boshlandi. Unda 500 ga yaqin yoshlar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi.

🔹Shundan so‘ng sport musobaqalari Yoshlik sport majmuasi hamda umumta’lim maktablarida davom etib, arqon tortish, milliy kurash, tosh ko‘tarish kabi milliy sport turlari, shuningdek “beshtosh”, “oq terakmi-ko‘k terak” singari o‘yinlar orqali yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlar targ‘ib qilindi.

🔹Tadbir doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, elektron sigaretalar va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda huquqiy ta’lim masalalari muhokama qilindi.

🔹Uchrashuv Navoiy konchilik va texnologiyalar universitetida davom etib, unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, adliya organlari faoliyati va raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.

🔹Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga huquqiy va badiiy adabiyotlar to‘plami topshirildi.

📌 Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
3
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Surxondaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi sport ruhida o‘tkazildi

🔹“Yoshlar kuni” doirasida Surxondaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etildi.

🔹Tadbirlar davomida milliy kurash, arqon tortish, ot sporti va boshqa sport turlari bo‘yicha qizg‘in musobaqalar o‘tkazilib, yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligi mustahkamlandi.

🔹Shuningdek, uchrashuv davra suhbati shaklida davom etib, unda yoshlarning huquq va majburiyatlari, sportchi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda qonunchilikda belgilangan imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📌 Mazkur tadbirlar yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
3👍3🔥1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Amir Temur merosi — zamonaviy huquqiy davlat poydevori

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Toshkent shahar adliya boshqarmasida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbir doirasida “Amir Temur merosi va zamonaviy huquqiy davlat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida milliy tariximiz va buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolat va qonun ustuvorligiga asoslangan tamoyillarining bugungi kundagi ahamiyatini keng yoritishdan iborat bo‘ldi.

🔹Davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti professori Hakimali Azimov ma’ruza qilib, Amir Temurning davlatchilik an’analari va boshqaruv tamoyillari zamonaviy huquqiy davlat qurishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

🔹Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

📌 Mazkur tadbir yoshlarning tarixiy tafakkurini boyitish, huquqiy ongini yuksaltirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
👍3