#Adliya_xabari
#maqola
Shartnoma ortidagi firibgarlik: muammo va yechimlar tahlili
So‘nggi yillarda shartnoma niqobi ostida amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari ortib bormoqda. Bu esa amaldagi huquqiy yondashuvni qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda.
Mazkur maqolada firibgarlikni baholashda formal yondashuv muammolari, xorij tajribasi hamda takomillashtirishga oid muhim takliflar tahlil qilingan.
📖 Batafsil 👉https://gov.uz/oz/adliya/news/view/159918

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Shartnoma ortidagi qasd: firibgarlikka qarshi huquqiy yondashuvni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldimi?
Rasmiy vebsayt: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
🔴 Farg‘onada yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Farg‘ona viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.
🔹Xususan, Uchko‘prik tumanidagi o‘quvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida ochiq va samimiy muloqot yo‘lga qo‘yildi.
🔹Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olib, o‘z fikr va takliflarini erkin bildirdi.
📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish hamda huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

👍6🔥2👏2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
🔴 Qoraqalpog‘istonda yoshlar bilan ochiq muloqot: dolzarb masalalar muhokamada
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🔹Mazkur uchrashuv bojxona boshqarmasida o‘tkazilib, unda talaba-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.
🔹Uchrashuvda adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A. Prenov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Talaba-yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlari va kelajak rejalari yuzasidan fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔹Shuningdek, tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi g‘oyalar, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

👍5
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
🔴 TDYUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: bandlik va karyera masalalari muhokama qilindi
🔹Toshkent davlat yuridik universitetida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🔹Mazkur tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy rivojlantirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.
🔹Uchrashuv davomida talabalarga viloyat hokimligi tizimidagi vakant lavozimlar, hududdagi tashkilotlar faoliyati, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar hamda amaliyot imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔹Shuningdek, tuman va shahar hokim o‘rinbosarlari ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, “Kelajak huquqshunosi” mavzusida amaliy treninglar tashkil etildi.
🔹Tadbir yakunida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, hududning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish hamda raqobatbardosh yuridik kadrlar tayyorlash maqsadida universitet va viloyat hokimligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
📌 Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va professional rivojlanishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔴 Andijonda yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Andijon viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida sport tadbirlari tashkil etildi.
🔹Mazkur tadbirlar doirasida yoshlar o‘rtasida armrestling, arqon tortish hamda tosh ko‘tarish kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar o‘tkazildi.
🔹Musobaqalarda yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy birdamligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdi.
🔹Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni sportga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
📌 Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

👍4🔥1👏1