ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔴 Adliya xodimlari malakasini oshirmoqda

🔹Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan vazirlik xodimlari uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

🔹Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga maxsus dasturlar orqali sohaga oid taqdimotlar tayyorlash, planshetlar asosida loyihalar yaratish hamda ularni samarali tahrirlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

🔹Shuningdek, ma’lumotlarni sodda va tushunarli yetkazish, vizual materiallar bilan ishlash hamda taqdimot sifatini oshirishga oid muhim jihatlar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

📌 Adliya organlari xodimlarining malakasini oshirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
1🔥1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

❗️Buloqboshi tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba – vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida o'tkazilishi belgilab berilgan topshiriq ijrosi doirasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov, tomonidan Buloqboshi tuman Farovon MFY da istiqmoat qiluvchi yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuv tashkil etilib, ularning tashabbuslari va yashash sharoitlari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, tadbirga 30 dan ortiq fuqarolar jalb qilinib, 3 nafar yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ish yurituvga olindi. Shuningdek, mas'ullar tomonidan maktabda yoshlarga yaratilgan sharoitlar, turli yo'nalishdagi olib borilayotgan islohotlar va ularning o'qish sharoitlari o'rganildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2🔥2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Toshkentda yoshlar bilan ochiq muloqot: takliflar va tashabbuslar muhokamada

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Ochiq muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olib, o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolariga amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda.
2👍1🔥1
#Intellektual_mulk

Joriy yil 24-aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan 26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuniga bag‘ishlangan “Raqamlashtirish sharoitida intellektual mulk huquqining rivojlanish tendensiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

📍 Tadbir Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, Patent vakillari assotsiatsiyasi, mualliflar, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🔎 Anjuman ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar intellektual mulkning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni tobora ortib borayotgani, ayniqsa raqamlashtirish sharoitida ushbu sohani rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.

💬 Tadbir davomida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi:
— elektron tijoratda tovar belgilarini himoya qilish mexanizmlari;
— patentlarni tijoratlashtirish va innovatsiyalarni iqtisodiyotga joriy etish;
— mualliflik va turdosh huquqlarni samarali himoya qilish;
— telekommunikatsiya tarmoqlarida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat;
— noqonuniy kontentga qarshi kurashish usullari;
— ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar.

🧠 Shuningdek, soha mutaxassislari o‘rtasida fikr almashish, tajriba bo‘lishish hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan muhokamalar tashkil etildi.

🏆 Anjuman doirasida intellektual mulk sohasida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh vakillar Adliya vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

🤝 Mazkur ilmiy-amaliy anjuman intellektual mulk sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish hamda zamonaviy raqamli yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

📌 Tadbir yakunida tizimni yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3🔥1