ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#oilanizolari #xavfsizmahalla

⚖️ Oila nizolarini hal etish ishlari jamoatchilik vakillari bilan jadal amalga oshirilmoqda

📢 Xabaringiz bor, PQ-1-son qarorga asosan nizoli oilalar salmog‘i eng yuqori bo‘lgan mahallalar viloyat adliya boshqarmalari rahbarlariga biriktirildi.

📌 Ma’lumot uchun:
Viloyatdagi 16 tuman va shahardagi 177 ta nizoli oila ro‘yxatga olingan va adliya mas’ul rahbarlari diqqat markazida. Shuningdek, fuqarolik sudlarida nizolashayotgan oilalar ro‘yxati olingan bo‘lib, umumiy hisobda 3220 ta oila tumanlar kesimida shakllantirilgan.


🏘 Mazkur ro‘yxat asosida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va nizolarni oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

🚨 Shu maqsadda, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattarov boshchiligida jamoatchilik vakillari bilan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Ayni damda adliya boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida qo‘shma qaror qabul qilinishi arafasida.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1
"BRANDMAKING" kurslariga start berildi.

❇️ Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Sergeli kichik sanoat zonasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida "BRANDMAKING" mavzusida o'quv seminar va sayyor qabul o'tkazildi.

❇️O'quv seminar doirasida ishtirokchilarga intellektual mulk obyektlarini yaratish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ro'yxatdan o'tkazish talab etiladigan hujjatlar, davlat bojlari va boshqalar xususida huquqiy tushuntirishlar berildi.

❇️O'quv seminardan so'ng sayyor qabul tashkil etilib, sayyor qabul davomida tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, EHM dasturlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabnomalar topshirishmoqchi bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarga uslubiy yordamlar ko'rsatilib, ishtirokchilarning brend nomlari Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portalidan tekshirilgan holda ularning ro'yxatdan o'tganligi yoki o'tkazilmaganligi yuzasidan amaliy ko'rsatmalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥2
📢 Tug‘ilishni onlayn qayd qilish xizmati joriy etildi

👶 Endilikda fuqarolar farzandlari tug‘ilganligini ortiqcha ovora bo‘lmasdan, qulay va tezkor tarzda onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

📱 “Adliya Plus” mobil ilovasi orqali:
✔️ tug‘ilishni ro‘yxatdan o‘tkazish
✔️ tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani yuklab olish
✔️ tug‘ilganlik guvohnomasini buyurtma qilish imkoniyati mavjud

⬇️ Ilovani yuklab olish:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.adliya.plus

https://apps.apple.com/us/app/adliya-plus/id6754625896

Yangi xizmatdan foydalaning va vaqtingizni tejang!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍3🔥2🙏1
Qoraqalpog’istonda “xavfsiz mahalla” tizimi o‘rganildi

Qoraqalpog’iston Respublikasida “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etish”ga qaratilgan PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev Nukus shahridagi “Bayterek” mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida:
mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar;
ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish choralari;
oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va oldini olish mexanizmlari tahlil qilindi.

Shuningdek, bugungi kundagi eng ko’p sodir etilayotgan jinoyatlardan biri hisoblangan firibgarlik va kiberjinoyatlarning oldini olish doirasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida mahallalarda barqaror va xavfsiz muhitni ta’minlash, mavjud tizim samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍3
#qabul

🔵 Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchiligiga qabul boshlandi!

📄Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadi:

➡️05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik.
➡️12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
➡️12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.

🗓 Hujjatlar 2025-yilning 15-mayga qadar qabul qilinadi.

🌐 Hujjatlar daraja.ilmiy.uz sayti orqali elektron qabul qilinadi.

📞 +998 55 518 57 77 (716)
📩 minjusttraining@exat.uz / minjusttraining@adliya.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1
#Adliya_xabari
#Yoshlar

❗️Adliya boshqarmasida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda har haftaning payshanba kunini vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni o'tkazish va yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mehanizmlari sifatida o'tkazilishi belgilab berildi. Shu munosabat bilan tizimdagi hamda "Alohida toifadagi yoshlar va jinoyatchilikni oldini olish" borasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov tomonidan adliya boshqarmasi va uning hududiy organlariga faoliyat yurituvchi o'ttiz yoshgacha bo'lgan xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida, yosh xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, xizmat faoliyatida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ta’kidlanganidek, adliya organlarida yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yetuk kadrlar sifatida shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yosh xodimlarni yanada faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishga undadi. Adliya tizimidagi har bir yosh xodim – qonun ustuvorligi, adolat va inson qadri yo‘lida xizmat qiladigan ertangi kun bunyodkoridir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2🎉1