ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_yoshlar

Bugun Qarshi shahrida bir guruh yoshlar hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Imomberdiyev ishtirokida viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

❗️Mazkur uchrashuv davomida 9-sinf bitiruvchilari texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, ular uchun ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Muloqot jarayonida yoshlar sportchilar, psixologlar hamda mashhur aktyorlar bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘lishdi. Ular tomonidan o‘z hayot yo‘llari, erishilgan yutuqlar va duch kelgan qiyinchiliklar haqida qiziqarli hikoyalar aytib berildi.

🎬 Shuningdek, uchrashuv doirasida yoshlarni turli salbiy illatlardan ogohlikka chaqiruvchi "Drug Dealer" filmi namoyish etildi. Film orqali giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning inson hayotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida muhim tushunchalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

❗️O'tgan asrdagi ayrim hujjatlarda fuqaro ismi xato yozilgani bu asrga ham tatimoqda...

Mana bir misol...
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanining X.Xakimzoda nomli sovxoz mehnat kollektivi Sovetining 1989-yil 25-iyul kungi 4-sonli 800 ta oilaga uy-joy uchun yer uchastkasi berish haqidagi qarori qabul qilingan.

Jumladan, ushbu qaror asosida Tojixon Mamajonovaga ham "Suyunchol" qishlog'idan 12 sotix yer uchastkasi beriladi. Ammo hujjatlarda uning ismi va familiyasi “Mamajonova T” sifatida qayd qilinganligi sababli, uy-joyga kadastr hujjatlari shakllantirish davomida Davlat kadastrlar palatasi Uchko'prik tuman boʻlimi tomonidan rad etilgan.

Tojixon ona Mamajonova ushbu muammosi bilan Uchko'prik tuman adliya bo'limiga murojaat qilgandan so'ng qisqa muddatlarda “Mamajonova T” yozuvi sud tartibida Mamajonova Tojixon Norqo'ziyevnaga tegishli ekanligi fakti belgilandi. Fuqaroning o'z uy joyiga bo'lgan mulk huquq tiklandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2👏1😢1🎉1
#Adliya_xabari

Poytaxdagi davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlarida reja asosida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

O‘rganishlarda, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, binolar ahvoli, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, xizmatlar ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, har bir xodim bilan shaxsan profiklaktik suhbat o‘tkazilib, tizimdagi mavjud kamchiliklar yuzasidan takliflari tinglanmoqda, ularning ish faoliyatidan qoniqish holati, xizmat ko‘rsatishda xodimlar tomonidan yo‘l qo'yilishi mumkin bo‘lgan risklar tahlil qilinmoqda.

Shu bilan birga korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan xizmat turlarini amalga oshiruvchi xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha reja tuzilib, masofaviy hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish ishlari tashkil etilmoqda.

O’rganishlar tizimli tarzda davom ettirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#Adliya_xabari

Hududlarda tizim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev X.Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida xodimlarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishilib, tizimdagi mavjud holat va amaliy jarayonlar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, adliya organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xizmatlar ko‘rsatishda ochiqlik va tezkorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, tizimda ish samaradorligini yanada oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41🎉1