ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📍 Yashnobod tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Yashnobod tuman hokimi, FVB boshlig‘i hamda mutasaddi tashkilotlar rahbar xodimlari ishtirokida 200 nafar fuqarolar va yoshlar jalb etilgan holda keng qamrovli amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tumandagi volontyorlar, hamkor boshqaruv organlari hamda qutqaruv xizmatlari faol ishtirok etdi.

Ushbu amaliy o‘quv mashqlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — qutqaruv bo‘linmalari va hamkor xizmatlarning favqulodda vaziyatlar yuz berganda tezkor, aniq va birgalikda harakat qilish ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish hamda aholi xavfsizligini mustahkamlashdan iborat.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Yoshlar_kuni
#Adliya_xabari

🚀 Yoshlar – kelajakning jasur qutqaruvchilari!

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman MMTBga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yosh qutqaruvchi tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvda maktab o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil qilinib, ularga hayotiy xavfsizlik, jasorat va yosh qutqaruvchi sifatida qanday harakat qilish borasida muhim tavsiyalar berildi. Yoshlar o‘z savol va takliflarini bildirib, tadbirda faol ishtirok etdilar.

Bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik, mas’uliyat va qutqaruvchilik ruhini shakllantiradi, ularni kelajakdagi jasur yetakchilarga aylantiradi. 🔥

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

“Adliya va yosh harbiy xizmatchilar uchrashuvi” o‘tkazildi

Yurtimizda har payshanba “Yoshlar kuni” kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov tashabbusi bilan Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismida “Adliya va yosh harbiy xizmatchilar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvda Prezidentimizning 07.04.2026 yildagi “Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilarga bugungi kunida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida yosh harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, shuningdek, ularni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ulug‘ sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘ldi.

Hazrati sohibqironning ayni o‘gitlari asrlar osha o‘z qimmatini yo‘qotmagan.

Videorolik sun’iy intellekt asosida tayyorlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

⚡️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda talaba-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Prenov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U talaba-yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlar va kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Ularning muammolariga yechim topish, takliflarini amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4