ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔷 Naqdsiz hisob-kitob tizimi amalda o‘z samaradorligini namoyon etmoqda

📍 Samarqand viloyat avtomobil bozorida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda yangi tizim asosida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Tadbir davomida notariuslar va bank xodimlarining fuqarolar bilan ishlash jarayoni, xizmat ko‘rsatish sifati hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

🔹 Yangi tartib asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulayliklari, tezkorligi va ishonchliligi alohida tahlil qilinib, tizimning samarali ishlayotgani qayd etildi.

🔹 Ta’kidlanganidek, mazkur tizim:
✔️ hisob-kitoblarda shaffoflikni ta’minlaydi
✔️ moliyaviy xavfsizlikni oshiradi
✔️ fuqarolar uchun ortiqcha vaqt va sarf-xarajatlarni kamaytiradi

🔹 Naqdsiz hisob-kitob tizimini keng joriy etish va uning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📍 Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida tadbirkorlik subyektlari uchun “Tovar belgisi hamda unga ega bo‘lishning afzalliklari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

🔹 Seminar davomida ishtirokchilarga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, uning huquqiy ahamiyati hamda brendni himoya qilishdagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🔹 Shuningdek, tovar belgisi orqali mahsulot va xizmatlarni bozorda ajratib ko‘rsatish, iste’molchilar ishonchini oshirish hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkoniyatlari alohida ta’kidlandi.

🔹 Tadbir yakunida tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

📺 Mazkur jarayon “Vaqt” informatsion dasturi orqali yoritildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏1
#Adliya_xabari

🔷 Naqdsiz to‘lovlarga o‘tish – zamon talabi

🔹 Avvallari katta miqdordagi pul mablag‘larini naqd shaklda olib yurish fuqarolarda turli xavotirlarni keltirib chiqarar edi. Bugungi kunda esa hisob-kitoblarning bank orqali amalga oshirilishi aholiga ishonch va xotirjamlik bag‘ishlamoqda.

🔹 “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ushbu yo‘nalishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔹 Sirdaryo viloyatida mazkur farmon ijrosi doirasida notariuslar va tijorat banklari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, ko‘chmas mulk hamda transport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi.

🔹 Xususan, Mirzacho‘l avtoulovlar majmuasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri davomida farmonning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi. Tadbir doirasida fuqarolarga huquqiy va bank xizmatlari ham ko‘rsatildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

❗️Sohibjon Bo'riboyev: Sayyor qabulga atayin rahmat aytgani bordim, chunki...

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan O'zbekiston tumanidagi Namuna MFYda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida 11 ta masalada 30 dan ziyod murojaat kelib tushdi. Shundan to'rtta murojaat adliya ish yurituviga olindi. 20 ga yaqin fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2👏1
Sirdaryoda yana 577 nafar fuqaroning uy-joyiga nisbatan mulk huquqi berildi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat kengashining tegishli qaroriga muvofiq, yana 577 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari hamda ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi rasman e’tirof etildi.


Ma’lumot uchun, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi doirasida bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyatida jami 1854 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
#adliya_aralashgach

❗️Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Aning mehnat huquqlari tiklandi.

Jumladan, adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda Qamashi tumanida yashovchi fuqaro M.A foydalanilmagan mehnat ta’tili pullarini ololmayotganligi bo’yicha murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro M.A Qamashi tumanidagi maktabda 15 yil davomida direktor lavozimida faoliyat yuritgan bo'lib, ushbu muddat davomida ishlagan davrida foydalanmagan mehnat ta’tillari uchun jami 91 067 389 so’m to'lanmasdan kelinayotganligi ma'lum bo'lgan.

Holat yuzasida Qamashi tuman adliya bo’limi tomonidan Qamashi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga kiritilgan taqdimnomasiga asosan fuqaro M.Aga jami 91 067 389 so’m foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to’lab berilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42
#Adliya_xabari

Naqdsiz hisob-kitoblar rivojlantirishning belgisi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov tomonidan Termiz shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoni ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni amalga oshirishda notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi tizimining afzalliklari tushuntirilib, amaliyotdagi jarayonlar bilan yaqindan tanishildi.

Tadbir yakunida sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, naqdsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1