ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#yoshlar
#Yashil_makon

🌱 Yoshlar bilan birga — yashil kelajak sari

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev ishtirokida talabalar shaharchasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tashabbus yoshlarni atrof-muhitni asrash, tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish va ekologik madaniyatni shakllantirishga keng jalb etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir davomida yoshlar bilan birgalikda turli xil daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil hududlarni kengaytirishga munosib hissa qo‘shildi.

🌿 Bu kabi amaliy tashabbuslar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlashga, balki yosh avlod ongida tabiatga mas’uliyat hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda avtotransport vositalarini oldi-sotdisi naqdsiz shaklda amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 3-aprel kuni – 930 ta murojaat bo‘yicha shartnomalar notarial tasdiqlanib, to‘lovlar sotuvchilarga o‘tkazildi.

📌 Umumiy hisobda 1-3-aprel kunlari davomida 1 696 ta bitim naqdsiz shaklda amalga oshirildi.
▫️ 1 050 tasi – transport vositalari
▫️ 646 tasi – ko‘chmas mulk oldi-sotdisi hissasiga to‘g‘ri keladi.

🤝 Adliya vazirligi tomonidan mazkur tizimni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Adliya_xabari

❗️Naqdsiz hisob-kitoblarni joriy etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda

🔰 Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev tomonidan Shahrisabz shahar hamda Shahrisabz va Kitob tumanlarida faoliyat yuritayotgan notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔰 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi jarayonlarida hisob-kitoblarni notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali naqdsiz shaklda amalga oshirish tartibi muhokama etildi.

💬 Shuningdek, notariuslarga mazkur tizimni amaliyotga to‘liq va sifatli joriy etish, fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholiga huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Mazkur chora-tadbirlar iqtisodiy shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va fuqarolarga qulay xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
📢 Intellektual mulk sohasiga qiziqasizmi? Ajoyib imkoniyat!

Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) Akademiyasi tomonidan a’zo davlatlar uchun bepul onlayn o‘quv kurslari tashkil etilgan.

🎓 Ushbu kurslar:

📖Rus va ingliz tillarida olib boriladi
🆓Mutlaqo bepul
📄Muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikat beriladi

📚 Kurslarda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olingan:

💡Intellektual mulk asoslari
📺Patent tushunchalari va patent ma’lumotlari bilan ishlash
🎙Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
Tovar belgilari, sanoat namunalari va geografik ko‘rsatkichlar

💡 Ushbu kurslar nafaqat soha mutaxassislari, balki intellektual mulkka qiziqqan har bir kishi uchun foydali. O‘z bilim va ko‘nikmalaringizni xalqaro darajada oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://welc.wipo.int/acc/index.jsf?lang=ru

👉 Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish muddatlari cheklangan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
🌟🌟🌟🌟🌟

Sun’iy intellekt va huquq: kelajak sari muhim qadam


Adliya tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari izchil davom etayotgan bir davrda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Huquqni qo‘llash amaliyotida sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi.

➡️Mazkur nufuzli anjuman huquq sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy huquqiy mexanizmlarni shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda yetakchi olimlar, huquqshunos-amaliyotchilar, sud-huquq tizimi vakillari, IT mutaxassislari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

🔹 Sun’iy intellektni huquqni qo‘llash amaliyotiga integratsiya qilish
🔹 Sud qarorlarida inson omili va algoritmik yondashuv muvozanati
🔹 Shaffoflik, hisobdorlik va etik masalalar
🔹 Ma’lumotlar himoyasi va shaxsiy hayot daxlsizligi
🔹 Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning zamonaviy usullari kabi yo‘nalishlar muhokama markazida bo‘ldi.

⚡️Konferensiya yakunida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar huquqni qo‘llash tizimini modernizatsiya qilish, qonunchilikni takomillashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz va samarali joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

➡️ Mazkur tadbir nafaqat ilmiy muloqot maydoni, balki kelajakdagi keng ko‘lamli islohotlar uchun mustahkam konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1