ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev toʻlovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish va moliyaviy ahvoli ogʻir tadbirkorlik subyektlarini sogʻlomlashtirish boʻyicha yangi yondashuvlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о совершенствовании института неплатежеспособности и новых подходах к оздоровлению субъектов предпринимательства, находящихся в сложном финансовом положении.

#Mirziyoyev #taqdimot #tadbirkorlik #qullabquvvatlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
10👍10🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Naqdsiz hisob-kitoblar amaliyotga joriy etildi

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda amalga oshirish tartibi yo‘lga qo‘yildi.

📊 Joriy yilning 1–2-aprel kunlari fuqarolar tomonidan mazkur tartib asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun jami 2 190 ta murojaat kelib tushdi.

🔹 Shundan:
▫️ 1-aprel kuni – 190 ta
▫️ 2-aprel kuni – 576 ta murojaat bo‘yicha shartnomalar notarial tasdiqlanib, to‘lovlar sotuvchilarga o‘tkazildi.

📌 Umumiy hisobda ikki kun davomida 766 ta bitim naqdsiz shaklda amalga oshirildi.
▫️ 532 tasi – transport vositalari
▫️ 234 tasi – ko‘chmas mulk oldi-sotdisi hissasiga to‘g‘ri keladi.

🤝 Adliya vazirligi tomonidan mazkur tizimni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk va transport vositalari bilan bog‘liq bitimlar to‘liq naqd pulsiz shaklga o‘tkazildi.


Shuningdek, qiymati 25 million so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar ham endilikda bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatida ham bu tizim amaliyotga izchil joriy etilmoqda. Notariuslar va tijorat banklari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, bitimlarni rasmiylashtirish jarayoni ancha soddalashdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Naqd pulsiz hisob-kitoblar — shaffoflik va xavfsizlik kafolati

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqd pulsiz shaklda amalga oshirilmoqda.

Adliya vazirligi va banklar hamkorligida fuqarolar uchun “eskrou” hisob raqamlarini ochishda “yashil yo‘lak” joriy etildi.

📌 Notarial idoralarda esa bank ma’lumotlari elektron tarzda olinib, bitimlar tezkor rasmiylashtirilmoqda.

🔒 Bu esa mulk huquqlarini ishonchli himoya qilish va firibgarlik holatlarining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#yoshlar
#Yashil_makon

🌱 Yoshlar bilan birga — yashil kelajak sari

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev ishtirokida talabalar shaharchasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tashabbus yoshlarni atrof-muhitni asrash, tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish va ekologik madaniyatni shakllantirishga keng jalb etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir davomida yoshlar bilan birgalikda turli xil daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil hududlarni kengaytirishga munosib hissa qo‘shildi.

🌿 Bu kabi amaliy tashabbuslar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlashga, balki yosh avlod ongida tabiatga mas’uliyat hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda avtotransport vositalarini oldi-sotdisi naqdsiz shaklda amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 3-aprel kuni – 930 ta murojaat bo‘yicha shartnomalar notarial tasdiqlanib, to‘lovlar sotuvchilarga o‘tkazildi.

📌 Umumiy hisobda 1-3-aprel kunlari davomida 1 696 ta bitim naqdsiz shaklda amalga oshirildi.
▫️ 1 050 tasi – transport vositalari
▫️ 646 tasi – ko‘chmas mulk oldi-sotdisi hissasiga to‘g‘ri keladi.

🤝 Adliya vazirligi tomonidan mazkur tizimni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Adliya_xabari

❗️Naqdsiz hisob-kitoblarni joriy etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda

🔰 Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev tomonidan Shahrisabz shahar hamda Shahrisabz va Kitob tumanlarida faoliyat yuritayotgan notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔰 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi jarayonlarida hisob-kitoblarni notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali naqdsiz shaklda amalga oshirish tartibi muhokama etildi.

💬 Shuningdek, notariuslarga mazkur tizimni amaliyotga to‘liq va sifatli joriy etish, fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholiga huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Mazkur chora-tadbirlar iqtisodiy shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va fuqarolarga qulay xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21