ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📢 Adliya organlari faoliyati – profilaktika va huquqiy targ‘ibot markazida

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B. Valiyev rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Prezidentning 05.01.2026 yildagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar Toshkent viloyatida davom etmoqda.

📍 Jumladan, Angren shahridagi “Mustaqillik” mahallasida Adliya organlariga biriktirilgan hududda amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

⚖️ O‘rganishlar davomida Adliya organlari tomonidan:
— mahallalarda huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish
— nizoli oilalar bilan manzilli ishlash
— fuqarolarning muammolarini joyida hal etish
— jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni amalga oshirish ishlari muhokama qilindi

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan olib borilayotgan “Oilaviy ajrimlarni oldini olish” yo‘nalishidagi ishlar, nizoli oilalar bilan individual ishlash tajribasi alohida e’tirof etildi.

💬 Mutasaddilar tomonidan aynan oilaviy munosabatlardagi muammolarni erta aniqlash va bartaraf etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligi yuqori baholandi.

Mazkur o‘rganishlar Adliya organlari faoliyatini yanada kuchaytirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda profilaktika ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3
#Adliya_xabari

❗️Hisob-kitoblarning naqdsiz amalga oshirilishi iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi

Xabaringiz bor O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va viloyat Notarial palatasi hududiy boshqarmasi rahbarlari tomonidan viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilmoqda.

Olib borilayotgan xizmatlarning tezkor va shaffofligi, xavfsiz hamda qulayligi aholi tomonidan ham e'tirof etilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥42👏1
#Adliya_xabari

📣 Naqdsiz hisob-kitoblar — yashirin iqtisodiyotni oldini olishda muhim qadam!

🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilangan. Endilikda ushbu jarayonlar notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali tezkor va ishonchli tarzda yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xorazm viloyatida mazkur tizimni samarali joriy etish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ullari tomonidan viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda hamda Davlat xizmatlari markazlarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilmoqda.

✔️ E’tiborlisi, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi, xavfsiz va qulayligi aholi tomonidan ijobiy baholanmoqda.

🔹 Naqdsiz hisob-kitob – nafaqat qulaylik, balki shaffoflik va xavfsizlik garovi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1