ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Strategiya_2030

Respublika darajasida amalga oshiriladigan 250 ta funksiya va vakolatlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi. (2025-yilda 8 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👏1
#Strategiya_2030

Kompozit va proaktiv tarzda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini kamida 400 taga yetkaziladi. (2025-yilda 89 ta).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish bo‘yicha taklif kiritildi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
3
Adliya vazirligi tashabbusi bilan otalikni belgilash tartibidagi muhim huquqiy masalani hal etishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi

Muammo nimada?
Bugungi tartibga ko‘ra, agar bola nikohdan tashqari tug‘ilgan bo‘lsa, uning otaligi ona va o‘zini ota deb tan olgan shaxsning FHDY organiga bergan qo‘shma arizasi asosida rasmiylashtiriladi.
Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim holatlarda bola tug‘ilganidan keyin turli sabablarga ko‘ra uning otaligi biologik otasi bo‘lmagan shaxs nomiga rasmiylashtirilmoqda.
Bunday holatda haqiqiy biologik ota keyinchalik o‘z huquqlarini himoya qilishda jiddiy to‘siqlarga duch keladi. Hatto bolaning o‘zi ham ushbu yozuvga nisbatan aniq belgilangan huquqiy mexanizm orqali e’tiroz bildira olmaydi.
Natijada oilaviy nizolar, sud tortishuvlari va eng muhimi — bolaning manfaatlari xavf ostida qolmoqda.


Hayotiy misol
Advokatlik amaliyotida uchragan holatda, chet el fuqarosi bo‘lgan biologik ota xorijda bo‘lgani sababli bola dastlab “yolg‘iz onalik” asosida ro‘yxatga olingan. Keyinchalik esa boshqa shaxsning roziligi bilan otalik rasmiylashtirilgan.
Oradan vaqt o‘tib, haqiqiy ota o‘z farzandi bilan bog‘liq huquqlarini tiklashga uringanida, qonunchilikdagi cheklovlar sabab murakkab vaziyat yuzaga kelgan.


Taklif etilayotgan yechim
Qonun loyihasiga muvofiq o‘zini bolaning biologik otasi yoki onasi deb da’vo qilayotgan shaxs va farzand fuqarolik holati dalolatnomasidagi tegishli yozuvga nisbatan sud tartibida e’tiroz bildirish huquqiga ega bo‘ladi.


Bu nimani anglatadi?
Agar loyiha qabul qilinsa:
bolaning manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinadi;
biologik ota-onalarning huquqlari kafolatlanadi;
oilaviy munosabatlarda adolat tamoyili mustahkamlanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥11👍53👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oliy ta'lim tashkilotlarining milliy reytingi joriy etildi.

Adliya vazirligi Oliy ta'lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3783, 2026-yil 28-fevral).

▪️Milliy reyting Ta'lim sifatini ta'minlash agentligi tomonidan yuritiladi.


🔰Davlat va nodavlat OTTlar quyidagi 4 ta toifa bo‘yicha milliy reytingga kiritiladi:
– amaliy fanlar;
– tibbiyot fanlari;
– ijtimoiy-gumanitar fanlar;
– ijod (sport).
 
✔️Har yili 1-noyabrga qadar o'tgan yil uchun milliy reyting natijalari e'lon qilinadi.
 
Bunda, har yili 1-iyunga qadar talabalar, professor-o'qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so'rovnoma va xalqaro ekspertlar o'rtasida xalqaro obro'ni baholashga qaratilgan so'rovnoma o'tkaziladi.
 
Milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy so'rovnoma asosida aniqlanadi hamda ushbu so'rovnoma natijalari inobatga olinishi uchun OTTdagi talabalar va professor-o'qituvchilarning kamida 20 foizi so'rovnomada ishtirok etishi lozim.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
"НО-ШПА" tovar belgisi huquqiy himoya qilindi.

Vazirlik tomonidan Vengriyaning "Opella Healthcare Hungary Kft." kompaniyasiga tegishli "НО-ШПА" tovar belgisini himoya qilish yuzasidan yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatni o‘rganish davomida "D.P." MChJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, "НO-ШПА" tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan "ДРО-ШПА" belgili va grafik elementli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, ya'ni 82,4 mln so‘m jarima qo‘llanildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O‘z brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#Strategiya_2030

500 taga yaqin davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillari soddalashtiriladi. (2025-yilda 150 ta).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👏31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

NOQONUNIY POYGALAR HUQUQBUZARLIK SIFATIDA BELGILANISHI MUMKIN

muxbir: Diyora G’aniyeva

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Strategiya_2030

Davlat xizmatlarining 20 foizi xususiy sektorga oʻtkaziladi. (2025-yilda 6 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1
#Strategiya_2030

Aholiga notarial xizmatlarni onlayn tarzda koʻrsatish ulushi 30 foizga yetkaziladi. (2025-yilda 5 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍7
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi ko‘plab oliy ta’lim tashkilotlari va talabalarning takliflarini inobatga olgan holda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3781, 2026-yil 28-fevral).

🔰Mazkur hujjat YUNESKO tomonidan joriy qilingan Taʼlimning xalqaro standart klassifikatsiyasi (TXSK 2011) hamda Taʼlim va kasbiy tayyorlash sohalari (TXSK-S 2013) tamoyillari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning yagona tizimlashtirilgan ro‘yxati keltirilgan.

Ushbu ro‘yxatda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar maxsus sakkiz xonali kodlar asosida tasniflanib, ikki yuzdan ortiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, olti yuzdan ortiq magistratura mutaxassisliklarini o‘z ichiga oladi.

▪️Bu esa:
- ta’lim jarayonlarini boshqarish,
- qabul tizimini tashkil etish
- statistik ma’lumotlarni shakllantirishda yagona yondashuvni ta’minlaydi.


📄Hujjatdan oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va mutaxassislar tayyorlashni boshqarishda, shuningdek Oʻzbekiston taʼlim tizimining xalqaro taʼlim tuzilmasiga uygʻunlashtirishda foydalaniladi.
 
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Strategiya_2030

FHDY organlari tomonidan onlayn tarzda koʻrsatiladigan xizmatlar ulushi 30 foizga yetkaziladi. (2025-yilda 5 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1
Yoshlar kengashi: tahlil, tanqid va yangi marralar

Adliya vazirligi Yoshlar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda tizim yoshlarining faolligi, tashabbuskorligi va kelajak rejalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig'ilishda Yoshlar kengash raisi Anasxon Xamdamov amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib, yoshlar bilan ishlashning yangi bosqichi, zamonaviy yondashuvlar va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

So'z davomida tizimda yoshlar ishtirokini kengaytirish, ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash masalalariga alohida urg‘u qaratildi.

Yig'ilishda markaziy apparat, hududiy adliya organlari va tizim muassasalari yoshlari faol ishtirok etdi. Bu esa adliya tizimida yoshlar birlashgan holda harakat qilayotganini, umumiy maqsad yo'lida jipslashganini yana bir bor tasdiqladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍74🔥3🙏3😢1