ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

❗️Andijon viloyatida fuqaroning uzoq yillik muammosi hal etildi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥61
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6🔥2
#Adliya_aralashgach
#Sirdaryo_viloyati

Adliya aralashuvi bilan o‘qituvchining oylik va ta’til pullari undirib berildi

Sh. M. Guliston tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilingan. Maktab tomonidan taqdim etilgan ish vaqtini hisobga olish hujjatlarida u tomonidan ishlangan kunlar to‘liq qayd etilgan bo‘lsa-da, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqi to‘liq berilmagan.


▶️Batafsil👈

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥2🙏1
🚫 TOYOTA tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish bartaraf etildi

📩 Vazirlikka "Toyota Jidosha Kabushiki Kaisha" kompaniyasiga tegishli “TOYOTA” hamda boshqa tovar belgilariga o‘xshash belgilardan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan ruxsatsiz foydalanilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

🔍 O‘tkazilgan tekshiruv natijasida tadbirkorlik subyekti tomonidan “TOYOTA” tovar belgisi va uning tasviriy ko‘rinishdagi logotipidan reklama maqsadida huquq egasining roziligisiz foydalanilganligi aniqlandi.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki
info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔷 Guliston shahar Davlat xizmatlari markazining 1 millioninchi mijozi aniqlandi

🔹 Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 770 dan ortiq, Davlat xizmatlari markazlari orqali esa 500 dan ziyod davlat xizmatlari aholiga taqdim etilmoqda. Mazkur xizmatlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ortiqcha ovora bo‘lmasdan, qisqa muddatlarda zarur xizmatlardan foydalanish imkonini bermoqda.

🔹 Davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida Guliston shahar Davlat xizmatlari markazi o‘zining 1 millioninchi mijoziga xizmat ko‘rsatdi. Ushbu tarixiy mijoz — Guliston shahrida yashovchi fuqaro Elvira Pak bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔹"O'zbekistonda bayramlarning g'oyaviy-ma'naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga sharh.


🔹Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi katta maslahatchisi Sadoqat Xolmatova

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

🔹 Adliya organlari va muassasalariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz? Ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?

🔹 Ushbu savollarga Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatori Munojatxon Yo'lchiyeva javob berdi.

🔹 Batafsil 👉 videoda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7👍3🔥3👏1😢1🎉1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi

🔹Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 2026-yil 3-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasining maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yanada jadallashtirishga hamda Qonun ijrosini amaliyotda izchil va bir xilda ta’minlash bo‘lib, qonun loyihasi bilan quyidagilarni amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda:

– yakka tartibdagi uy-joylar qurish orqali ortiqcha egallangan
yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etishda qat’iy belgilangan miqdorda bir martalik to‘lov undirish;
– o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi va unda qurilgan bino va inshootlar qurilishi taqiqlangan hududda joylashgan taqdirda, ushbu binolar va inshootlar joylashgan yer uchastkasining qurilishi taqiqlangan hududiga tushgan qismini chegirib tashlagan holda qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish;
– soliq qarzdorligi bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan taqdirda ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mazkur Qonun talablariga muvofiq huquqlarni e’tirof etish;
– jarayonlarni yanada tezlashtirish maqsadida belgilangan muddatlarni 3 baravar qisqartirish;
– bir martalik to‘lov o‘z vaqtida, ya’ni 20 ish kuni ichida amalga oshirilgan taqdirda, avtomatik ravishda 50 foiz chegirma qo‘llash yoki ushbu muddatda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda esa to‘lovlarni 1-yildan 3-yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;
– huquqlarni e’tirof etish ishlari bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish;
– binolar va inshootlar, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylar xususiylashtirilgani yoki xususiylashtirilmagani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishga (biriktirishga) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini ham mas’ul etib belgilash va boshqalar.


🔹Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga, eng muhimi, inson ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi va qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥3🎉1
#Adliya_xabari

Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) olimlari tomonidan yaratilgan yangi “O‘zbegim” greypfrut navi Adliya vazirligining Seleksiya yutuqlari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Uzoq vaqt davomida greypfrut faqat chetdan keltiriladigan ekzotik meva hisoblanib kelgan. “O‘zbegim” navi esa — mahalliy seleksionerlarning ko‘p yillik zahmatli mehnati mahsulidir.

Yangi nav respublikamiz iqlim sharoitlariga to‘liq moslashtirilgan bo‘lib, u mahalliy seleksiya sohasidagi yutuqlardan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Seleksiya yutug‘ini ro‘yxatdan o‘tkazish — “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadigan huquqiy jarayondir. Bu jarayon nav yaratuvchisiga mutlaq foydalanish huquqini beradi.


Seleksiya yutugʻi yangilik, farqlanish, turdoshlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy muhofaza qilinadi.

Seleksiya yutuqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirish Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8👏3🔥1🎉1
#Adliya_xabari

Hurmatli yurtdoshlar!


📣Joriy yilning 4-fevral kuni soat 10:00 da Adliya vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida aholini ish bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli “Mehnat yarmarkasi” tashkil etiladi.

Mazkur yarmarkada turli soha va yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar ishtirok etib, bo‘sh ish o‘rinlari, kasbga o‘qitish imkoniyatlari hamda bandlikka oid maslahatlar taqdim etadi. Tadbir davomida ish izlayotgan fuqarolar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlariga mos ish topish, shuningdek kasbiy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Barcha ish izlayotgan fuqarolarni, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar va kasb o‘rganishga qiziqqan yurtdoshlarimizni mazkur mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

📌Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi 331-uy

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Mediatorlarning kasb etikasi qoidalaridan...
(ro'yxat raqami: 3741, 05.01.2026 y.).

🔹 Batafsil 👉 videoda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

❗️Fuqarolarning qiynab kelgan uzoq yillik muammolari hal etilishida amaliy yordam berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6🔥32👏1
Kontrafakt mahsulotlar kirib kelishiga chek qo‘yildi!

Vakolatli organlar tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, shuningdek tadbirkorlar o‘rtasida o‘zgalarning mulkiga nisbatan hurmat hissini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim hollarda tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanish bilan bog‘liq holatlar uchramoqda.

Xususan, “GST Oil” MChJ murojaatiga asosan “V.I.” MChJ tomonidan “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “HYUNDAI” tovar belgisidan foydalangan holda 2 dona maxsus texnika (ekskavator) respublika hududiga olib kirilayotgan vaqtda bojxona postida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan adliya organlari ko‘magida “GST Oil” hamda “V.I.” MChJlar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilishiga erishildi.

Mediativ kelishuvga muvofiq “V.I.” MChJ huquq egasiga 206 mln so‘m miqdorida tovon puli to‘lash, shuningdek “HYUNDAI” brendidan foydalanmaslik hamda ushbu brendga oid texnikalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirmaslik majburiyatini oldi. Bundan tashqari, “V. I” MChJga tegishli“YouTube”, “Instagram” va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda joylashtirilgan “HD Hyundai Centre” va “rasmiy diler” so‘zlari o‘zgartirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yashnobod tumanidagi Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkani tashkil etishdan asosiy maqsad Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi ishsiz, shu jumladan probatsiya va profilaktika hisobida turgan fuqarolarning bandligini ta‘minlash,  mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar va mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta‘minlashdan iborat.

Yarmarkada “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda tegishli ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan ishsizlar va ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Xususan, tuman hududida joylashgan 22 ta yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan 450 dan ortiq ish o'rinlari, 9 ta tijorat banki tomonidan esa o'z biznesini boshlamoqchi bo'lgan fuqarolar uchun imtiyozli shartlar asosida kreditlar taklif qilindi. Migratsiya agentligining Toshkent shahar filiali mutasaddilari tomonidan esa xorijdagi, shu jumladan Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi mavjud ish o'rinlari va ularga ishga joylashishning qonuniy talablari batafsil tushuntirildi.


Mazkur yarmarka davomida 21 nafar fuqaro, jumladan 3 nafar yoshlar, 4 nafar xotin-qizlar ish bilan ta'minlanib, 17 nafar fuqaroga kasb-hunar o'rganish uchun yo'llanma berildi. 2 nafar fuqarolar tomonidan oilaviy tadbirkorlik dasturi asosida 20 mln so‘mlik imtiyozli kredit olish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. 32 nafar fuqaroga davlat xizmati ko'rsatildi. Notarius, advokatlar va boshqa malakali huquqshunoslar tomonidan esa 30 nafardan ortiq fuqarolarga bandlik, tadbirkorlik, meros ishi, uy-joy va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥4