ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Qo‘rg‘ontepa tuman adliya bo‘limi tomonidan tadbirkor manfaati himoya qilindi

Qo‘rg‘ontepa tuman adliya bo‘limiga “HIKMATILLO HAMKOR QURILISH” MCHJ mas’ullari tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda Andijon viloyati «Yagona buyurtmachi xizmati IK» DUK bilan tuzilgan shartnomaga asosan qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lsa-da, shartnoma bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari 2022-yildan buyon to'lanmay kelinayotgani ma’lum qilingan.


Murojaat o‘rganilib, adliya bo‘limi tomonidan MCHJ manfaatlarini ko‘zlab Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud ishni ko‘rib chiqib, da’vo talablarini qanoatlantirdi hamda javobgardan MCHJ foydasiga 422 709 394 so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish haqida hal qiluv qarori chiqardi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏61
#Аdliya_хаbari

❗️"DEKRET" TA’TILI VA "DEKRET" HUQUQLARI
mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi


Unda, mutaxassis tomonidan homiladorlik va tug‘ruq ta’tillari (dekret) olish va nafaqalar tayinlash tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

👉 Batafsil videoda: https://www.youtube.com/watch?v=-IfO0SCUOr4

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi


Bugun, Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi bilan tanishdi.

Dastlab adliya vaziri Yashnobod tuman prokuraturasida davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat shtab faoliyati bilan batafsil tanishib, qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, tegishli yo'l xaritalarining ishlab chiqilishi, mas'ullarning tegishli mahallalarga biriktirilishi holatini o'rgandi.

Shuningdek, Adliya vaziri tomonidan tumandagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan qizil toifali "Mohirlar" mahallasida qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Jarayonda tuman prokurori, IIB boshlig’i, “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga ijtimoiy profilaktika ishlarini yanada jadallashtirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida bir qator ko‘rsatmalar berildi.


Shu bilan birgalikda, mazkur qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor ta’kidlanib, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105🔥1
👍6🔥2👏21
#Adliya_sarhisob

Yuridik ta'lim va sud-ekspertiza

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6🔥2👏1
#Adliya_sarhisob

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari monitoringi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥2👏1
👍72🔥1👏1
#qabul

🏛Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchilikka qabul e'lon qiladi!

Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadi:

📌05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik.
📌12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
📌12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.


🗂Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- oliy taʼlim muassasasining magistratura diplomi;
- kamida 1 ta maqola va 2 ta tezisning nusxalari havolasi bilan;
- qisqacha biografik maʼlumotnoma;
- ish joyidan tavsifnoma
.

Hujjatlar 2025-yilning 15-fevralga qadar qabul qilinadi.

🌐Hujjatlar daraja.ilmiy.uz sayti orqali elektron qabul qilinadi.

📞(71) 200 02 35 / (90) 930 70 74
📧uzmarkaz@exat.uz / yurmarkaz@adliya.uz

👉@Training_institute_for_lawyers
👉@Institut_ilmiy
3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Qoraqalpog'iston_Respublikasi

📌Qoraqalpog‘istonda"Adliya sayli" tashkil etildi.

Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi tomonidan bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, qonunchilikda yoshlar uchun belgilangan imtiyozlarni, shuningdek aholi muammolarini hal qilishda adliya organlarining o‘rni va ahamiyatini aholi keng aholi qatlamiga yetkazishga qaratilgan "Adliya sayli" tadbiri o‘tkazildi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahalla_huquqshunosi
#Namangan_viloyati

“Mahalla huquqshunosi” loyihasi


📌Navbatdagi manzil: Chortoq tumani, “Navbahor” mahallasi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
9👍2
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 122 milliondan ziyod pul mablag'i undirib berildi


Rishton tumani "Farovonlik" mahallasida yashovchi X.E. buzib yuborilgan savdo do‘koni uchun kompensatsiya undirishda yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Mazkur murojaat o'rganilib, fuqaroga tegishli savdo do‘koni 2019-yilda hokim qarori bilan buzib yuborilgan bo‘lsa-da, shu kunga qadar yetkazilgan zarar qoplab berilmaganligi aniqlandi.

Tuman adliya bo'limi tomonidan X.E. ga yetkazilgan 122 600 837 so‘m zararni undirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudiga da'vo ariza kiritildi.

Sudning hal qiluv qaroriga ko'ra, savdo do‘koni buzilishi natijasida yetkazilgan 122 600 837 so‘m zarar javobgardan undirilishi belgilandi va fuqaroning bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan muammosi ijobiy hal etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Farg'ona_viloyati

❗️Davlat xizmatlari markazi faoliyati: qulay xizmatlar, tezkorlik, professionallik, xalq ishonchini qozonish

Inson qayerda va qay sharoitda yashamasin, o‘ziga qulaylik yaratishga harakat qiladi.

Davlat xizmatlari markazlari ish faoliyatining asosini ham aholiga qulay sharoit yaratish maqsadi tashkil etadi.

Markazlarda fuqarolarga yana-da yengillik yaratish, korrupsiya, byurokratiyani oldini olish, ularning madaniy, maʼnaviy hordiq olishlariga sabab bo‘ladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍54🔥8👏3🙏31🎉1
Toshkent viloyatida joylashgan Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlariga amaliy yordam berilmoqda.

🔹Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Toshkent viloyatida xizmat safarida bo'ldi.

🔹Joriy yilning 26-27-yanvar kunlari Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan viloyatning olis va chekka hududlarda joylashgan Bekobod shahar, Bekobod, Piskent, Parkent hamda Yuqorichirchiq tuman Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔹Xizmat safari doirasida Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati, ularda yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

🔹Shuningdek, nikohni tantanali qayd etish xizmati faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu yangi xizmat aholiga yanada estetik, zamonaviy va qulay sharoitda marosim o‘tkazish imkonini bermoqda.

🔹Tadbir yakunida xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xizmatlar sifati, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍118🔥3👏1